Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Nazorat uchun savollar: 
1. O’quv mashg’ulotlarini qanday turlarini bilasiz, gapirib bering; 
2. Ma’ruza, seminar, amaliy mashgulotlar, laboratoriya mashgulotlari,
davra suxbatlari, konferensiya, ilmiy seminar ularni bir biridan farqlarini izohlang; 
3. Kurs ishlari, loyihalar, malakaviy bitruv va diplom ishlari
5. Talabalarning ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti, uni tashkil etish 
xususiyatlari; 
6. Maslahatlar, ularning shakllari va o’qish jarayonidagi roli. 
7. OTMdan biriktirilgan amaliyot rahbarining vazifalarini gapirib bering? 
8. Korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbarining vazifalarini gapirib bering? 
9. Amaliyot kalendar rejasi haqida gapirib bering. 
10. Amaliyot hisoboti, uni yozish, tekshirish va himoya qilish tartibini 
gapirib bering. 
11. Amaliyot hisobotiga ilova deganda nimani tushunasiz, uni tarkibini 
gapirib bering. 


131 
 
7-MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM VA TALABALAR 
MEHNATINI ILMIY TASHKIL ETISH 
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: mustaqil ta’lim, mustaqil ish, talaba 
mehnati, referat, doklad, kurgazmali vosita, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi, 
diplom ishi, maqola, test,
 
1. TALABALARNING MUSTAQIL ISHI VA UNI TASHKIL 
ETISH 
Barcha Oliy ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish hamda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining 2009 yil 
birinchi yarim yilligi yakunlari bo’yicha 2009 yil 4 iyulg’ majlisi 
Bayonining 25-bandi topshirig’i, vazirlikning 2009 yil 9 iyul № 241/1-
sonli buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tadbirlar majmuining 
1.4-bandi ijrosini tahminlash, 2008/2009 o’quv yilida mustaqil ta’lim-
tarbiya jadvali asosida tashkil qilingan maxsus tarbiyaviy kurslarni o’qitish 
bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili asosida 2009/2010 o’quv 
yilidan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejalarini 
takomillashtirish va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14-
avgustdagi 286-raqamli “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish 
to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini tahminlash maqsadida maxsus yo’riqnoma 
ishlab chiqadilar.
Ushbu yo’riqnomaga binoan kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish bilan bir qatorda tanlagan 
sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va 
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy 
yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, 


132 
sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifa sifatida 
belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari 
paytida talabalarga yetkazish qiyin. Talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga 
qiziqish paydo bo’ladi. 
Talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish 
va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida 
talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish 
yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish ta’lim 
jarayonining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Ta’lim jarayonida mustaqil ish deganda nima nazarda tutiladi?Mustaqil 
ishi (MI) - muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va 
malakaning ma’lum bir qismini fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida 
auditoriya yoki auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan 
talabaning tizimli faoliyatdir. 
Mustaqil ishni tashkil etish bir qator muammolar bilan bog’liq: 
- birinchidan, maktab, kollej yoki texnikum partasidan oliy ta’limga kelgan 
talaba ta’lim olish jarayonida hali o’z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli 
bilishmaydi; 
- ikkinchidan, ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni 
taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o’z 
fikrini aniq va yorqin ifodalash, o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, shuningdek, 
aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri baholash ular uchun katta muammo 
bo’ladi; 
- uchinchidan, eng asosiysi, hali mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor 
bo’lishmaydi. 


133 
SHuning uchun talabadan o’qish jarayonida o’z qobiliyati va 
aqliy imkoniyatlariga ishonishi, sabr-toqatli bo’lishi, topshiriqlarni 
bajarishdagi mustaqillik darajasini oshirib borishi, berilgan topshiriqlarni 
bajarishga tizimli va ijodiy yondashish talab etiladi.
Jahon ta’lim amaliyotida TMIni tashkil etishning quyidagi 
shakllardan foydalanilmoqda: 
1. 
Fanning 
ayrim 
mavzularini 
o’quv 
adabiyotlari 
yordamidamustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; 
2. Amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik 
ko’rib kelish; 
3. Ko’rgazmali vositalar tayyorlash; 
4. Ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash
5. Kurs ishlari (loyihalari)ni bajarish; 
6. Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun 
materiallar to’plash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish va yozish; 
7. Hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 
8. Maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 
9. Amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, 
munozarali 
savollar va topshiriqlar tayyorlash; 
10. Ilmiy maqola, tezis va ma’ruzalar tayyorlash; 
11. Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy 
ishlash; 
12. Uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 
Mustaqil ishning turi va topshirig’i fanning xususiyatidan kelib 
chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar maqsadli
yo’naltirilgan bo’lishi va auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini 
mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi 
talab etiladi.


134 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling