Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
MASLAHATLAR, ULARNING SHAKLLARI VA O’QISH
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3. MASLAHATLAR, ULARNING SHAKLLARI VA O’QISH
JARAYONIDAGI ROLI Konsulg’tattsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib, birinchidan, mutaxasis beradigan maslahati, ikkinchidan, o’quv mashg’ulotining alohida turi bo’lib, o’quvchilar fanni o’zlashtirishi uchun o’qituvchining qo’shimcha yordami, uchinchidan, biron bir masala bo’yicha mutaxasislar kengshi mahnosini anglatadi. OTMlarda konsulg’tattsiya talabalarni o’quv materialini yaxshi o’zlashtirish, ekzamenga tayyorlanish va boshqa holatlarda o’qituvchi tomonidan o’zining fani yuzasidan o’tiladigan maxsus dars bo’lib hisoblanadi. Talabalar tomonidan fanning o’quv dasturida nazarda tutilgan o’quv materiallarini to’liq va atroflicha o’rganishda ma’ruza, amaliyot, seminar va labaratoriya mashg’ulotlari bilan bir qotorda maslahatlar alohida o’rin tutadi. Masslahatlar odatda gurux bo’yicha beriladi. Talaba murojaat qilganda alohida talabar guruhchasiga yoki alohida yakka talabaga ham berilishi mumkin. OTMlarida maslahatlar qo’ydagi yo’nalishlar bo’yicha tashkil qilinadi: 1. O’qish semestri davomida - o’qitilayotgan biror bir fanning alohida mavzusining biron bir savoli bo’yicha 2. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini qabo’l qilishdan oldin; 3. Talabalar davlat imtihonlariga tayyorgarik ko’rishi jarayonida; 4. Kurs ishi, malakaviy bitiruv va diplom ishi mavzusi bo’yicha maslahatlar berish; 6. Talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha maslahatlar berish; 7. Konkurs, konferentsiya va ko’rgazmalar uchun referat, maqola va boshqa materiallar tayyorlash uchun maslahatlar berish; 119 8. Sirtqi talabalarga nazorat ishlarini bajarishda yuzaga kelgan savollar bo’yicha. Maslahatlar, talabalarning darsdan xoli bo’lgan paytlarida, mustaqil ta’lim soatlarida fakltet dekanati bilan kelishib, talabalarning so’rovlari yoki kafedra rejasida kursatilgan vaqtlarda o’tkaziladi. Maslahatlarda, fan o’qituvchisi yoki talabaning mustaqil ta’limi bo’yicha ilmiy rahbari, fanning alohida mavzulari bo’yicha, malakaviy bitiruv, diplom yoki boshqa shakildagi mustaqil ishi mavzusi bo’yicha talabada paydo bo’lgan savollarga javoblar beradi. SHuningdek, bajarilayotgan mustaqil ishning mavzusini qanday yoritish yoki mavzuni qanday manbahlardan o’qib o’rganish haqida ko’rsatmalar ham beradi. Maslahatlar aksariyat hollarda savol – javob tarzida utkaziladi. Sirtdan ta’lim olayotgan talabalar uchun maslahatlar yozma shakilda beriladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling