Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Seminar. "Seminar" so’zi lotincha so’z bo’lib "bilimlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirish" degan maonini anglatadi. 
Oliy o’quv yurtida seminar o’quv-nazariy mashg’ulotlarning 
muhim shakli bo’lib, talabalarga o’quv rejasida nazarda tutilgan 
predmetlarni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi. 
Seminar mashg’ulotining ahamiyati shundaki, u talabalarda kitob 
ustida mustaqil ishlash, mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini 
shakllantiradi va rivojlantiradi. Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning 
to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan nutqida: "demokratik jamiyatda 
bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. 
Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi 
past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. 
Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir".
41
Yaxshi uyushtirilgai seminar - 
talabalar uchun mustaqil fikrlashni o’rgatadigan maktabdir. 
Seminar mavzusi, uning rejasi va o’rganish zarur bo’lgan 
adabiyotlar ro’yxati kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalarga beriladi. 
Seminar o’tiladigan kuni, vaqti va joyi dars jadvalida ko’rsatilgan 
bo’ladi. 
Institutimizning birinchi kursida O’zbekiston tarixi, Iqtisodiy 
nazariya, 
Siyosatshunoslik 
va 
h.k. 
fanlar 
yuzasidan 
seminar 
mashg’ulotlari o’tkaziladi. 
Seminar mashg’uloti darsi ikki xil usulda tashkil yetilishi 
mumkin. Birinchidan, mavzuning muhim masalalari bo’yicha qizg’in 
ijodiy baxs, ikkinchidan, talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir 
o’quv-ilmiy yoki ilmiy ma’ruzalar tinglash. Har ikkala holda ham 
41
Каримов И. Баркамол авлод - Ўзбекистоп тараққиётининг пойдевори. Халқ сўзи, 1997 йил 30 апгуст сони



112 
seminar guruh talabalarining fikr almashuv, muhokama va bahslashuvi 
shaklida o’tishi lozim. Buning uchun talabalar seminar darslariga ijodiy 
yondoshib, puxta tayyorgarlik ko’rishlari talab etiladi.
Seminar mashg’ulotlariga qanday tayyorlanish kerak? 
Seminarga tayyorlanish talabaning mustaqil ish jarayoni bo’lib, unga 
tayyorgarlik ko’rishni shu mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’ulotini eshitish va 
yozib olishdan boshlash lozim. Ma’ruzada berilayotgan materialni yaxshi 
o’zlashtirish, ijodiy idrok yetish, konspektlashtirish va uni qayta ishlash, 
to’ldirish seminar mashg’ulotlariga puxta tayyorgarlik ko’rishning zarur 
shartidir. 
Seminarga tayyorlanishning yana bir sharti sho’qi, fan bo’yicha kafedra 
o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan fan o’quv dasturi, seminar 
mashg’ulotlari rejasi, hamda seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish 
bo’yicha bo’yicha metodik maslahatlar kabi o’quv qo’llanmalardan samarali 
foydalanish lozim. 
Seminarga tayyorlanishda tavsiya etilgan manbalar va kitoblarni o’qib 
o’rganish va konspektlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albitta bu 
jarayon ma’lum vaqt va adabiyotlarni qunt bilan mutaola qilishni talab qiladi. 
Buning uchun talaba berilgan seminar rejasi asosida muntazam shug’ullanishi 
talab etiladi. SHundagina talaba seminar mashg’ulotlariga puxta va o’z vaqtida 
tayyor bo’lishi mumkin. 
Seminarga tayyorlanish kitob va boshqa o’quv manbaolari ustida tizimli 
ishlash jarayonidir. Buning uchun talaba avvalo, o’quv manbaosi bilan 
umumiy tarzda tanishib chiqishi talab etiladi. O’quv manbaosining nomi, 
muallifi, hajmi, qachon va qaerda nashr etilganligiga etibor berish lozim. 
Kitobning ilmiy apparati, ya’ni manbalarga qilingan ilovalar, eslatmalar va 
boshqalari bilan ham tanishib chiqishi zarur. 
Mavzu bo’yicha tavsiya ztilgan har bir manba va kitobni seminar rejasida 
ko’rsatilgan betlarini qunt bilan o’qib o’rganish lozim. Manbaoni o’qishda 
shoshilmasdan, butun hayolni jamlab, qo’lga qalam olgan xolda, o’qilganini 


113 
tahlil qilib, yangi fikr-mulohazalarni oldingilari bilan o’zaro bog’lagan, 
ilgari surilayotgai asosiy g’oyalar va tushunchalarni ajratib borish 
lozim. Agar kitob shaxsan o’zingizniki bo’lsa, o’qilayotganda muhim 
joylarini tagiga chizib, o’z fikr mulohazalaringizni bayon etish uchun 
ma’ruza tezisingizni tuzib chiqish talab etiladi.
Manba yoki kitobni o’qib chiqqach, mavzu ustida puxta o’ylab 
ko’rish lozim, bu seminar materialini yana to’laroq tushunish va 
o’zlashtirib olishga yordam beradi. O’ylash davomida savollar paydo 
bo’lishi mumkin, masalan, mavzuda qanday asosiy g’oya va muhim 
tushunchalar ilgari surilayapti, ular seminar mavzusiga qanchalik 
aloqador, ilgari o’rganilganlarga nechog’lik bog’liq, seminarning qaysi 
savoli haqida gap borayapti? Bunday savollarga talaba o’zining shaxsiy 
fikr-mulohazadari bilan javob berishi lozim. Kitob ustida ishlash 
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, degan iboraniig maonisi shu 
bilan belgilanadi.
Seminarga tayyorgarlik ko’rish uchun tavsiya etilgan manbaolarni 
yuqorida aytilgan tarzda o’qib chiqqandan keyin kitob ustida 
ishlashning so’nggi bosqichiga - o’qilganni daftarga yozib olishga 
o’tiladi. 
Seminar mashg’ulotlari uchun alohida umumiy daftar tutiladi. Bu 
daftarga o’rganilayotgan mavzuning mazmuni reja asosida qisqacha 
bayon qilinadi konspektlashtiriladi. 
Konspekt yozishning yana bir afzalligi shundaki, o’rganilgan, yozib 
olingan material xotirada yaxshi saqlanib qoladi, uni keyinchalik eslash 
oson bo’ladi. Konspekt qimmatli material sifatida sinov va imtihonlarga 
tayyorlanishni osonlashtiradi.
Konspektni to’g’ri va ma’lum tartibda yozishga alohida ehtibor 
berish lozim. Konspektni daftar saxifasiga bir xil, bir sidra yozib 
ketavermasdan, bahzi xollarda ayrim so’zlarni, qisqa tushunchalarni 
yaqqol ko’rinib turadigan shaklda alohida bo’rttirib yoki bosma 


114 
shriftlarda yozish mahqo’l. Sarlavxalar, yillar, xulosalar, tsitatalar tagiga 
rangli qalam bilan chizib, ajratib ko’rsatib yozish tavsiya etiladi. 
Daftar saxifasiiing chet tomonidan saxifaning to’rtdan bir qismicha joyni 
ochiq qoldirish lozim. Ochiq qoldirilgan joyga qo’shimcha ma’lumotlarni 
yozib borish, konspektni tekshirib, unga ayrim o’zgarishlar, aniqliklar kiritish 
mumkin bo’ladi.
O’zbekiston tarixi, Iqtisodiy nazariya, Politologiya va boshqa fanlar 
bo’yicha 
bo’ladigan 
seminar 
mashg’ulotlariga 
tayyorlanishda 
mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning, Prezidentimiz 
iSHavkat 
Miromonovich 
Mirziyaevning 
asarlarini, 
Oliy 
Majlisning 
sessiyalarida so’zlagan ma’ruza va nutqlarini konspektlashtirish lozim.
Gazetalar hamda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jurnallarni o’qib borish 
siyosiy saviyani oshirishga ko’maklashadi. Ularda bosilayotgan maqolalar, 
statistik ma’lumotlardan foydalanish, konspekt daftarining tegishli joylariga 
yozib qo’yish yaxshi natija beradi. 
Seminar mashg’ulotlarida qatnashish, muhokama yetilayotgan masalalar 
bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish har bir talabaning burchidir. Seminar 
qatnashchilari bir-birlarini diqqat bilan tinglashlari, bahslashuvlarda ishtirok 
etgan talabalar tomonidan yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni tuzatishlari, 
ularning so’zlariga aniqliq va qo’shimchalar kiritishlari lozim. 
Seminarda qatnashish ham ma’ruzani tinglash va yozish kabi katta 
mehnat qilishni, tinmay va astoydil ishlashni talab etadi.
Kursdosh so’zlayotgan paytda, uni qo’lda qalam bilan tinglash, aytgan 
yangi fikr mulohazalarini yozib borish nihoyatda foydalidir. 
O’qituvchi har bir muxokama qilingan masala bo’yicha, seminar 
darsining oxirida o’rganilgan mavzu bo’yicha yakuniy fikr-muloxazalarni 
bildiradi, yakuniy xulosalar chiqaradi. Talaba o’qituvchining ana shu yakuniy 
fikrlarini, xulosalarini seminar daftariga, albatta, yozib olishi kerak. Ana 
shundagina seminar mashg’uloti talaba uchun muvoffaqiyatli yakunlangan, 


115 
muhokama etilgan masala bo’yicha bilimlar puxta va chuqur 
o’zlashtirilgan bo’ladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling