Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Mutaxassislik fanlari bloki


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Mutaxassislik fanlari bloki: muayyan mutaxassislik bo’yicha nazariy va 
amaliy bilimlarni, uquv va ko’nikmalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo’yicha 
bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko’nikmalarini 
rivojlantirishi; magistratura mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini 
bajarish, kasb faoliyatining ko’zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni 
modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va 
ko’nikmalarni tahminlashi kerak. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari: mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy 
ko’nikmalarini hosil qilishi; axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan 
foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks 
ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko’nikmalarni 
shakllantirishi; talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga 
asoslangan axborot bazalarini qo’llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini 
bajarishda foydalanish ko’nikmasini singdirishi lozim.
Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o’zlashtirilishini, 
talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-
tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. 


103 
Ilmiy-pedagogik 
ishlar: 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan 
holda pedagogik faoliyat mahorati va ko’nikmalarini shakllantirishi; o’quv 
jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan tahminlashni tashkil etish uquvi va 
ko’nikmalarini hosil qilishi. 
Magistratura bosqichidata’lim olayotgan talabalarga ilmiy tadqiqot ishlari 
taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o’tkazish maqsadida 
stajirovka o’tishi ham mumkin. Stajirovka qo’ydagi maqsadlar uchun beriladi: 
1. Ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi; 
2. Iqtisod, fan, madaniyat va sog’liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi; 
3. amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarni shakllantirishi; 
4. Kasbga samarali moslashuvni tahminlashi lozim. 
Bunda stajirovkaga yo’llangan magistratura talabasi o’quv jarayoni jadvalini 
individual grafik asosida bajaradi.  

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling