Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
162 2. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test o’tkazish orqali aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qaroiylik va meonatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish istagi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi - ilmiy va ijodiy salohiyatga ega bo’lgan intellektual elitani tayyorlash bo’lib, yuksak isteg’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob isteododni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish bo’lib hisoblanadi. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash qo’ydagi vazifalarni bajarishga qaratilgan: - talabalarning intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga; - malakali prfessor-o’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etishga; - ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etishga; - iqtidorli talabalar bo’yicha respublikada manitoringi o’tkazib, klarning markazlashgan bankini shakllantirishga; - maxsus o’quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga; - buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlashga; Iqtidorli talabalar bilan ishlashning shakl va usullari: - o’qitishni individuallashtirish; - talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim olishga yo’naltirish; -talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish. 163 Oliy o’quv yurtlarida “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi” mavjud. Bu bo’lim psixologik va pedagogik testlar asosida iqtidorli talabalarni aniqlash ularning ro’yxatini tuzish hamda ilmiy rahbar va maslahatchilarni belgilash ishlari bilan shug’ullanadi. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida universitet (institut), fakulg’tet va kafedralarda quyidagi ish qog’ozlarini yuritiladi: iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Nizomi; iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limining ish rejasi; yillik hisobotlar; iqtidorli talabalarga oid rektorning buyruqlari; fakulg’tet, kafedralar bo’yicha iqtidorli talabalar ro’yxati; murabbiylarning iqtidorli talabalar bo’yicha bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan hujjatlar va fotosuratlar; konferentsiya, olimpiada, tanlov, viktorina o’tkazilishiga oid hujjatlar; iqtidorli talabalar izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli O’zbekiton Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hayg’at qarorlari; xat va arizalarni qayd etish kotibi; Iqtidorli talaba tomonidan o’quv-ijodiy va tarbiyaviy dastur tuziladi. Dasturga binoan uning bajarilishi bo’yicha, nazorat muddatlari ko’rsatilgan shaxsiy o’quv reja va ilmiy-ijodiy ishlar rejasi tuziladi. Bu reja fakulg’tet Ilmiy Kengashi tavsiyasiga binoan oliy o’quv yurtining farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Talabaning ilmiy rahbari iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda o’rganilishi nazarda tutilgan mavzular bo’yicha fan o’qituvchilar bilan hamkorlikda qo’shimcha ishchi dastur va tematik-kalendar rejasini tuzadi. Yuqori ko’rsatgichlarga erishgan iqtidorli talabalar “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi” tavsiyasi asosida institut rektorining buyrug’i bilan 164 ayrim fanlarning ma’ruza darslariga (o’qituvchining roziligi bilan) erkin qatnashish huquqi berilish mumkin. Har o’quv yilining yakunida iqtidorli talabaning qobiliyati va o’quv-ilmiy reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy delosiga tikiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling