Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
-МАVZU. BUXGALTERIYA BALANSI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
10-МАVZU. BUXGALTERIYA BALANSI
Mavzuga doir atamalar: balans, texnollogik balans, iqtisodiy balans, balans qismlari, balans bо‘limlari, aktiv, passiv, aktivlar, uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, passivlar, uzoq muddatli qarzlar, uzoq muddatli kreditlar, qisqa muddatli kreditlar, qisqa muddatli qarzlar balans moddasi, majburiyatlar. 1. BALANS HAQIDA TUSHUNCHA. Balans fransuzcha sо‘zi bо‘lib tarozi, ya’ni tenglik ma’nosini bildiradi. 227 8-chizma. Balans ma’nosini ифоdaловчи белги. Balans sodir bо‘ladigan voqealiklarga, ularning alohida tomonlarini (jihatlarini) bir-biriga qarshi qо‘yish yoki solishtirish yо‘li bilan baho berish tizimidir. Takror ishlab chiqarish jarayonini aks ettirishi bо‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida qо‘llaniladigan balanslar texnollogik va iqtisodiy balanslarga bо‘linadi. Texnollogik balanslar aniq turdagi mashulotlarni ishlab chiqarishini va ularning iste’molini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Texnollogik balanslar mehnat resurslari, mehnat buyumlari (xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar), mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar, priborlar) hamda iste’mol buyumlari (oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, poyafzallar) balanslaridan tashkil topadi. Odatda texnollogik balanslar natura shaklida tuziladi. Iqtisodiy Buxgalteriya balanslari vazirliklarni, byudjet muassasalarini, banklarni va boshqa shu kabi xо‘jalik yurituvchi subyektlarni balanslaridan tashkil topadi. Xalq xо‘jaligining yig‘ma moliya balanslari, xalq xо‘jaligi resurslarini kelish manbaalarini, ishlab chiqarish hajmini, uning o’sish dinamikasini hamda jami ijtimoiy mashulotni va milliy daromadni iste’mol qilishni, jamg‘arishni shuningdek moddiy boyliklar hajmini, tarkibini, ularni shaxsiy va ijtimoiy iste’mol qilishni kо‘rsatib beradi. Ular yig‘ma xalq xо‘jaligi va yig‘ma moliya balanslaridan tashkil topadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling