Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish -
Download 58.41 Kb.
|
АУДИТ курс иши Ниязов Аброр (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflik huquqi
- Savdo markalari va tovar belgisi.
- Franchayzing
Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish - bu ishlab chiqarilgan buyumning shakli, namunasi yoki bezaklariga nisbatan berilgan patentga o`xshashdir. Sanoat namunasini ro`yxatdan o`tkazishda tashqi ko`rinish himoya vositasining vazifasini bajarsa, patent xizmat ko`rsatishni himoya kila oladi. Masalan, kompaniya terminalining yangi dizaynni ruyxatdan o`tkazish bilan himoyalanadi. Kompьyuter esa patent bilan himoyalanadi.
Mualliflik huquqi — bu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar — o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Mualliflik huquqi bilan tartibga solinadigan ob`ektlarga kompьyuterlar uchun dasturlar, ma`lumotlar ba--zasi va shuningdek, ilm-fan, adabiyot, san`at asarlari misol bo`la oladi. Savdo markalari va tovar belgisi. Savdo markalari (Masalan: Nestle, Adi-das) yoki savdo namunalari (Koka-kola) kompaniyalar tomonidan mahsulot yoki xiz-mat uchun berilgan nomlar yoki identifikatsiyani aniqlovchi boshqa ramzlar ular egalik qilishni asosli ravishda olib borish uchun ruyxatdan o`tkazilishi mumkin. Ruyxatdan o`tkazilgan savdo markalari va savdo namunalarini keyingi yillarga ham muddatni uzaytirish yo`li bilan xizmat muddatini yangilab turish mumkin. Bu holda nomlar, ramzlar yoki mahsulot identifikatsiyasini belgilovchi boshqa ramzlar huquqiy hisoblanadi. Franchayzing — ma`lum bir formula, texnologiya yoki tashqi ko`rinishini qo`llash bo`yicha o`ziga xos huquq. Franchayzing (masalan: kabel televideniyasi kom-paniyasi) odatda hukumat organlari tomonidan davlat mulkidan foydalanish hu-quqiga egalik qilish yoki kommunal xizmat ko`rsatish (elektromontaj) uchun va xo`-jalik sub`ektlari tomonidan aniq bir ishlar va aniq xizmatlardan foy-dalanish huquqi bilan egalik qilish uchun taqdim qilinadi. Franchayzing to`g`risidagi har bir kontrakt uning amalda bo`lish davrini, shuningdek franchayzer (foydalanish huquqiga imkon beruvchi sub`ekt)ning hamda franchayzi (bu imtiyozni oluvchi sub`ekt)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi. Download 58.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling