Buxgalteriya xisobi va audit


Download 58.83 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi58.83 Kb.
#1396114
1   2   3
Bog'liq
Ataboyev Bobur Pul va Bank

2. Banklarning funksiyalari
Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
SHunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov aylanmasi, kassaga
naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va
boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib olish,
shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari
sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va
buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va
boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu
banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini
aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq,
ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi.
CHunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq
funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi. Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu
jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z
yuritish lozim.
SHu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga
e’tibor qaratish lozim:
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar;
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi (Markaziy
bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). Banklarning funksiyalari
to‘g‘risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni e’tibordan chetda qoldirish kerak
emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga
xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan
iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning xususiyatlariga xos bo‘lgan
jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo‘lgan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‘sh pul
mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning
funksiyasi bo‘la oladimi, degan savol tug‘iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining
majburiy zaxiralari jamg‘ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning vaqtinchalik
bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni
jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy
masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish faqatgina
banklarga xos bo‘lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki
boshqa yuridik shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub’ekt
u yoki bu ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy
mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq yondashadigan
bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi holatlarda
namoyon bo‘ladi:
banklar pullarni jalb etganda o‘z pullarini emas, balki begona shaxslarning
mablag‘larini jamg‘aradi;
banklar jamg‘argan mablag‘larni o‘zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa
shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan yiroq
ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab
– quvvatlaymiz.
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish, jamg‘arish va
ushbu mablag‘larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning juda qadimiy
funksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘zlariga jalb qiladi va ushbu mablag‘larni
samarali yo‘nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion
fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arish
bilan shug‘ullanadi, biroq ularning pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arishi bilan
banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning itiyorida bo‘lgan mablag‘larning
deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu banklarning
asosiy faoliyati boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish
bilan birga, yuqori darajada riskka bog‘liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan,
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va
kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish
va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga kuchli
ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi
banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu
funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik,
ta’minlanganlik, to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida taqdim etadi.
Uchinchi funksiyasi, xo‘jalik sub’ektlari pul hisob – kitoblarini amalga oshirish
hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari kun davomida bir
necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul
ko‘rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu
o‘tkazmalar jo‘natuvchidan oluvchiga etib boradi. SHuningdek, banklar pul
o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit
liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni amalga
oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatlikni
ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyasiya
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. SHu bois
ham Markaziy bank o‘zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun
zarur bo‘lgan to‘lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.
To‘lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‘rtinchi funksiyasi
hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar o‘rtasida
to‘lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. Banklar
orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag‘lari o‘tadi, bank
ular o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida vositachilik
vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi orqali nafaqat pullarni bir
xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan ikkinchisiga o‘tkazadi, balki iqtisodiyotdagi moliyaviy
kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‘tishini nazorat qilib boradi va ushbu
tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit mablag‘larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga
ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul
massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan
muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani
samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi
va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega
emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi
pul massasining hajmini o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar,
bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi
hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan
qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘zlarining
huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy
maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan
tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini va bajaradigan
operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli
iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy
hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda
yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.

Download 58.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling