Buxgalteriya xisoboni tashkil qilish asoslari
Buxgalteriya hisobining predmeti
Download 0.74 Mb.
|
1 2
Bog'liqBuxgalteriya xisoboni tashkil qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobining predmeti
1.2. Buxgalteriya hisobining predmeti. Har bir fan singari buxgalteriya hisobi fani ham o’zining predmeti va metodiga ega. Buxgalteriya hisobi asosan, korxona, uyushma, kontsern, aktsiyadorlik jamiyati, muassasa, tashkilotlarda yurtiladi va shu xo’jaliklar faoliyatini kuzatib borish hamda nazorat qilish maqsadiga xizmat qiladi.Korxonalar xo’jalik faoliyatining asosiy mazmuni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishdan boshqa sohada esa ijtimoiy mahsulotni taqsimlash va iste'mol qilishdan iborat. Buxgalteriya hisobining predmeti bu korxona xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbaalarini pul ko’rsatkichidagi ifodasidir. Xo’jalik mablag’lari xo’jalik jarayonida bajarayotgan funktsional roliga qarab quyidagilarga bo’linadi; 1.Ishlab chiqarish fazasidagi xo’jalik mablag’lari bu ham uz navbatida ikkiga bo’linadi a) mehnat vositalari b) mehnat buyumlariga turkumlanadi.
A) Mehnat vositalari 1.Imoratlar 2.Inshootlar 3.O’tkazuvchi moslamalar 4.Mashina va asbob uskunalar 5.Ishlab chiqarish inventari va jixozlar 6.Transport vositalari 7.Xo’jalik inventarlari 8Arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar.
Korxona tashkilot va muassasalarda xo’jalik yuritish uchun ularda turli xil xo’jalik mablag’lari bo’lishi zarur. Bu xo’jalik mablag’lari turli manbalardan tashkil topadi va ularningkelib chiqish manbalarini quyidagi guruqlarga bo’lish mumkin: 1.Korxonaga berkitilgan mablag’lar manbai 2.Bank kreditlari 3.Kreditorlarning harzlari 4.Ijtimoiy mahsulotni taqsimlash bo’yicha majburiyat 5.Foyda daromad. 1.Korxonaga berkitilgan mablag’lar manbai bular uz navbatida quyidagilarga bo’linadi; a) Ustav fondi b) Maxsus fondlar v) Foyda, daromad g) Byudjetdan olingan mablag’lar d) Boshqa olingan mablag’lar 2.Chetdan jalb qilingan mablag’lar manbai bular uz navbatida quyidagilarga bo’linadi; a) Bank kreditlari b) Kreditorlik qarzlari v) Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doyr majburiyatlar g) va boshqalar Rezervlar korxona ichki resurslari hisobiga tashkil qilinadi. Ularga kelgusi davr to’lovlari rezervi, kafolatlash rezervi va boshqalar kiradi. Bankdan olingan kreditlar uzoq va qisqa muddatli bo’ladi.Kreditlar korxonaga ma'lum maqsad uchun belgilangan muddat qaytarib berish sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladi. Buxgalteriya schyotlari har bir mablag’ turi, ularning manbaalari, jarayonlar bo’yicha ochilib, iqtisodiy mazmun jihatdan umumlashtirilib hisobga olib boriladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari uz to’zilishiga ko’ra karama-karshi ikki tomondan iborat. Bir tomoni «debet» ikkinchi tomoni «kredit» deb ataladi. «Debet» so’zi lotincha bo’lib «u qarzdor» yoki ko’payish degan ma'noni anglatadi. «Kredit» so’zi ham lotincha bo’lib «ishondi», qarzim bor yoki kamayish degan ma'noni anglatadi. . har bir schyotda hisobga olib borilayotgan ob'ektning ko’payishi,ikkinchi tomondan esa kamayishi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarini quyidagicha sxemada ko’rsatish mumkin. Debet Schyot nomi Kredit Buxgalteriya hisobining har bir schyoti quyidagima'lumotlarni o’zida aks etgiradi: Oy boshidagi boshlangich qoldiq Oy davomidagi debet va kredit obrotlar; Oy oxiridagi qoldiq. (saldo) Saldo-italiyancha suzdan olingan bo’lib «qoldiq» degan ma'noni bildiradi. Schyotlarning debet va kredit tomonlaridagi oy davomidagi joriy yozuvlarni jami oborot deb ataladi. Buxgalteriya schyotlari schyotlar rejasida aks ettirilishiga ko’ra aktiv schyotlar, passiv schyotlar va aralash schyotlarga bo’linadi. Schyotlar buxgalteriya balansi moddalariga qarab ochiladi. Buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarga nisbatan ochilgan schyotlar aktiv deb ataladi. Buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarga nisbatan ochilgan schyotlar passiv deb ataladi. Aktiv schyotlarning tuzilishi kuyidagicha: Aktiv schyotlarning boshlangich koldigi debet tomonda kursatiladi. Mablaglarning kupayishi schetning debet oborotida aks ettiriladi; Mablaglarning kamayishi schyotning kredit oborotida aks ettiriladi; Aktiv schetlarning oy oxiridagi koldigi schetning debet tomonida yoki 0 ga teng buladi. Aktiv schyotlarning kurinishi kuyidagicha Aktiv schyotlarda oy oxridagi oxirgi qoldiqni topish uchun, oy boshidagi boshlangich qoldiqga debet oborot kushilib, kredit oborot ayriladi. Bu quyidagi formulada aks ettiriladi. OKA=BK + DO-KO Bunda OKA-Oy oxiriga koldi? aktiv yoki oxirgi koldi? aktiv BK-oy boshiga boshlang’ich qoldiq DO-debet oborot KO-kredit oborot Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling