Buxgaltreriya hujjatlarida hatoliklarni tuzatish tartiblari
Download 88.36 Kb.
|
BUXGALTRERIYA HUJJATLARIDA HATOLIKLARNI TUZATISH TARTIBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugalteriya balansi.
- 1.2-§ Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, xatolarni to’g’rilash va uning hisobvaraqlari.
Ikki yoqlama yozuv. Bu korxonada sodir bo'lgan xo'jalik muomalasini hisobvaraqlar tizimida aks ettirish usulidir. Bu usulning muhim bir hususiyati
shundan iboratki har qanday xo'jalik muomalasiga tegishli bir summa bugalteriya hisobida shu vaqtning o'zida kamida ikkita hisobvaraqda aks ettiriladi. Bugalteriya balansi. Xo'jalik mablag’lari va manbalarini ma'lum bir sanaga bo'lgan holatini aks ettirish usuli hisoblanadi. Balansda korxona mablag’larining joylanishi va tarkibi, mablag’lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma'lumotlar keltiriladi. Hisobot. Ma'lum davrga bo'lgan xo'jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo'jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma'lum tartibda guruhlashtiradigan va o'zaro aloqadorligini ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig’indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma'lum bir davr bo'yicha xo'jalik faoliyatining yakunini ko'rsatadi. Mazkur paragraf mazmunida “Bugalteriya hisobining predmeti, ob’eykti, su’byekti va usullari” xususida ilmiy-nazariy ma’lumotlar berildi. Ushbu ma’lumotlar bo’lajak iqtisodchi-pedagog uchun juda muhimdir. Chunki u mavzuni puxta va mukammal bilishi hamda mavzuning asosiy poydevori bo’lganligi bois, uni yaxshi o’zlashtirishi kerak. 1.2-§ Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, xatolarni to’g’rilash va uning hisobvaraqlari. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, halqaro mehnat taqsimotida munosib o’rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari ko’p jihatdan ishchi kuchining bilimi , malakasi, vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog’liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo’lgan buyuk maqsadlarga etishish uchun eng avvalo yuqori malakali kadrlar tayyorlashimiz kerak. “Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik , qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir”2. Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi qonun “1997 yildan kuchga kirgan “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i bo’yicha butun ta’lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Yoslar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta’lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, prezidentimizning yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “Ta’lim-kelajakka yo’naltirilgan sarmoya” mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo’llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham anglash mumkin: “Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko’ra teran anglab olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta’lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni isloh etish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin. Quyida “Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, xatolarni to’g’rilash va uning hisobvaraqlari” mavzusi haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berib o’tildi. Ma'lumki korxona va tashkilotlarda sodir bo'lgan xo'jalik muomalalarini, shuningdek, mavjud bo'lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta'minlash uchun bugalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Bugalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo'lgan har bir xo'jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta'minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma'lumotlar korxonada sodir bo'ladigan xo'jalik muomalalarining ishonchliligini ta'minlaydi. Ho'jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga samarali ta'sir ko'rsatadi, boshqaruv xodimlarining o'z vazifalarini suiste'mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta'minlaydi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo'lga qo'yilishi kerakki, u sohtalashtirish imkoniyatini, o'z vaqtida kelib tushmasligi va ularni bugalteriya hisobida kechikib rashmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo'qligi nohush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o'tkazilayotgan ho'jalik muomalalariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh bugalter tomonidan ham o'zaro ikki tomonlama nazorat yo'lga qo'yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo'lga qo'yish va mas'ul ijrochilarni ko'rsatgan holda, hujjatlar oborotining turli bosqichi chizmalar ko'rinishida, grafiklar yoki ishlar ro'yxatini tuzish kerak bo’ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh bugalter amalga oshirishi kerak. Bugalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xo'jalik muomalasi to'g’risida yozma guvohlik bo'lib, bugalteriya hisobi ma'lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi. Bugalteriya hisobida hamma xo'jalik muomalalarini hujjatlashtirish joriy bugalteriya hisobi ma'lumotlari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga isbotlovchi kuch beradi. Ba'zi hollarda xo'jalik tortishuvlarini xo'jalik sudi tomonidan to'g’ri hal qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish yordamida xo'jalik mablag’lari harakatini o'z vaqtida to'g’ri hisobga olish, shuningdek, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga o'tkazishda moddiy boyliklarning butligi ta'minlanadi. Shuning uchun ham xo'jalik muomalalarini hujjatlashtirish natijasida korxona mol-mulkining butligi ta'minlanadi. Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy natijalarni aniqlash, xullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks ettiriladi. Bu esa korxonada amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari ustidan nazorat o'rnatish bilan birga, ish yuritishda muayyan tartib-intizom yo'lga qo'yiladi va natijada hisobni mustahkamlaydi. Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to'g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya'ni belgilangan texnik andozalarda ko'zda tutilgan barcha rekvizitlari to'ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Bugalteriya hisobi hujjatlarining rekvizitlari quyidagilardir: korxonaning nomi; hujjatning nomi; uning raqami va sanasi; xo'jalik muomalasining qisqacha mazmuni; uning miqdoriy puldagi ifodasi; mazkur xo'jalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning ism-sharifi; mazkur xo'jalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning shaxsiy imzolari; xo'jalik muomalalarining xarakteri va hisob oborotiga ishlov berish texnologiyasiga bog’liq, holda birlamchi xujjatlarga boshqa zarur rekvizitlar ham kiritilishi mumkin. Hujjatlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: o'z vaqtida tuzish; to'liq va ishonchli bo'lishi; xo'jalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratni olib borish. Bugalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlar bir nechta belgilari bo’yicha tavsiflanadi: tuzilgan joyi bo'yicha; aks ettirilgan xo'jalik muomalalarning hajmiga ko'ra; qamrab olish usuliga ko'ra; maqsadiga ko'ra. Tuzilgan joyiga ko'ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo'linadi. Download 88.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling