Buxgaltreriya hujjatlarida hatoliklarni tuzatish tartiblari
Download 88.36 Kb.
|
BUXGALTRERIYA HUJJATLARIDA HATOLIKLARNI TUZATISH TARTIBLARI
BUXGALTRERIYA HUJJATLARIDA HATOLIKLARNI TUZATISH TARTIBLARI Reja: 1.Buxgalteriya hisоbining prеdmеti, оb’еkti, sуb’еkti vа usullаri 2. Buxgalteriya hisоbini hujjatlashtirish, хаtоlаrini to’g’rilаsh vа uning hisоbvаrаqаlаri 3.Buxgalteriya hisоbidа hujjatlashtirish vа hujjаtlаrdаgi хаtоlаrni to’g’rilаsh Mamlakatimizda, hozirgi paytda yoshlarga, ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim – tarbiya hamisa jamiyat taraqqiyotining asosi bo’lgan. Fan – texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiyma’rifiy potensialini, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvci omiliga aylantirdi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o’sish omillarining sifat jihatdan takomillasib borish jarayoniga xosdir. Fan – texnika taraqqiyotining ilg’or natijalarini qo’llash, ishlab chiqarisni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika - texnologiyalardan foydalanish shu bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, bu boradagi muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ilgarigi iqtisodiy tizim o’rniga jahon standartlariga mos demokratik huquqiy davlatni barpo etish modeli tanlab olindi. Shuningdek davlat mulkiga asoslangan mulkchilik shaklini isloh qilish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot negizini yaratish masalasi ustuvor yo’nalish sifatida qabul qilindi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek “iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Avval boshdanoq biz o’zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi”1. Endi quyida biz “Bugalteriya hisobining predmeti, ob’eykti, su’byekti va usullari” hususida ilmiy-nazariy ma’lumotlar berib o’tamiz. Ushbu ma’lumotlar bo’lajak pedagog uchun juda muhimdir. Chunki, ular dastlab o’zlarining iqtisodiy fanlarini so’ngra pedagogika va psixologiyaga oid fanlarni bilishlari talab etiladi. Ma'lumki mulkchilik va tarmoq shaklidan qat'iy nazar, barcha korxonalarda bugalteriya hisobi yuritiladi. U korhonadagi xo'jalik mablalarining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo'jalik jarayoni va muomalalari ta'siri ostida bo'layotgan o'zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi. Bugalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag’lar, xo'jalik jarayoni va uning ta'siri ostidagi xo'jalik mablag’larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo'ladigan o'zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo'jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi. Bugalteriya hisobi vositasida korxonalar xo'jalik faoliyati jarayoni, mablag’lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil toppish manbalari nimalardan iborat ekanligi to'g’risidagi ma'lumotlar olinadi. Shunisi ham borki, bugalteriya hisobida faqat pul o'lchovida foydalanish mumkin bo'lgan xo'jalik jarayoni va mablag’larigina o'z aksini topadi hisobida o'z aksini topmaydi. Agar ularning qiymati aniqlanib, pulda ifodalangan bo'lsa, u holda bular ham bugalteriya hisobida hisobga olinadi. Demak, bugalteriya hisobining predmeti korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo'jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo'jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir. Bugalteriya hisobi predmetini bunday ta'riflash bilan barcha korxonalar uchun umumiy bo'lgan xalq xo'jaligining kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini olib borishi ko'rsatiladi. Bu bugalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Mamlakatimizda bugalteriya hisobi sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqa tarmoq korxonalarida, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, noishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va umuman olganda barcha korxona, tashkilot hamda muassasalarda yuritiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va butun iqtisodiyot bo'yicha bugalteriya hisobotlarini yuritish va bu ma'lumotlarni kerakli ko'rsatkichlarda guruhlashtirish natijasida hamma korxonalarning xo'jalik ablag’lari, ularning tuzilishi, joylanishi va tayinlanishi, xo'jalik faoliyati haqidagi bugalteriya hisobining ma'lumotlariga ega bo'ladilar. Quyidagi chizmada bugalteriya hisobining ob'ektlari ko'rsatib o'tilgan:1 Bugalteriya hisobining predmeti haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun bugalteriya hisobining ob'ektlari va sub'eyktlari bilan yaqindan tanishmog’imiz lozim. Biz bilamizki, asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o'z sarmoyasi, rezervlar, daromad va harajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq, bo'lgan xo'jalik operasiyalari bugalteriya hisobining ob'ektlari hisoblanadi. Karimov A, Ismoilov F, Avloqulov A. Bugalteriya isobi. Darslik-T.: Sarq, 2004-5921 b. Karimov A, Ismoilov F, Avloqulov A. Bugalteriya isobi. Darslik-T.: Sarq, 2004-592 b Bugalteriya hisobining ob'ektini umumlashtirilgan holla quyidagilar tashkil etadi: xo'jalik mablag’lari, xo'jalik mablag’larining tashkil topish manbalari, ho'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar. Korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun ma'lum turdagi mablag’larga ega bo'lishi kerak. Ular xo'jalik jarayonida turli funksiyalarni bajaradi va shuning uchun ular bugalteriya hisobida xo'jalik mablag’lari deb yuritiladi. Bugalteriya balansida xo'jalik mablag’lari aktivlar sifatida e'tirof etiladi. Aktivlar - sub'ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Korxona, tashkilot va muassasalarda aktivlar asosan quyidagi turlarga bo'linadi: uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar. Uzoq, muddatli aktivlar uzoq muomala muddatiga ega bo'lgan (12 oydan ortiq) va investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan hamda hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin bo'lmagan aktivlardir. Ularning tarkibiga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar, kapital qo'yilmalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar kiradi. Joriy aktivlar asosan qayta takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan va undan hisobot kunidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan aktivlarga aytiladi. Aylanma aktivlar tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot va tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, pul ma’lag'lari, qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar hamda joriy debitorlik qarzlari kiritiladi. Korxona mablag’lari har xil manbalar hisobiga shakllanadi. Bugalteriya balansiga binoan xo'jalik mablag’larining tashkil topish manbalari 2 turga bo’linadi: o'z mablag’larining manbalari; majburiyatlar. O'z mablag’lari manbalari tarkibiga korxonani tashkil etish paytida hosil qilingan ustav kapitali, shuningdek, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, maqsadli 1 tushumlar, korxonaning ishlab topilgan sof foydasidan shakllantirilgan boshqa vositalar kiradi. Majburiyatlar shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirishni bajarish, pul to'lash va majburiyatidir. Biror-bir turdagi faoliyatni amalga oshirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etib turishi uchun avval ta'minot, ishlab chiqarish keyin esa sotish jarayonini amalga oshirish lozim. Download 88.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling