Tarqalishi: Chotqol tizmasida, Parkekt, Zarkent qishloqlari atroflarida. So`qoqsoy, Boshqizilsoy va Kelinchaksoylarda. Qurama tizmasida: Qamchiq dovonida (Toshkent viloyati).
O`sish sharoiti: Tog`larning yuqori mintaqasidagi toshli, shag`alli, mayda jins tuproqda va qoyalarda o`sadi.
Soni: Bu tur ishg`ol qilgan yerlar 3,5-4 ming gektarni tashkil etadi. Umumiy soni 30-40 ming tur atrofida.
Ko`payishi: Urug`dan ko`payadi.
O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari: Unub chiqishi 1-2 foizni tashkil etadi. Yetilgan urug`lari 2-3 yildan so`ng unib chiqadi. Yosh nihollarning boshqa tur o`simliklar bilan yonma – yon o`sishi qiyin kechadi. Qo`riqxona sharoitidagi kata yoshdagi yakka - yakka xolda o`sib turgan tuplari aniqlangan.
Madaniylashtirish: Ma`lumoti yo`q.
Muxofaza choralari: Qizil kitobga kiritilgan.Chotqol biosfera qo`riqxonasida muxofaza qilinadi. Tabiatda biologic xususiyatini o`rganish, botanika bog`larida madaniylashtirish, vaqti – vaqti bilan tabiatdagi sonini kuzatib boorish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |