Buxoro astagali


Download 1.05 Mb.
bet1/6
Sana06.09.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1673773
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gullar


BUXORO ASTAGALI

Kamyoblik darajasi 2: Janubiy – g`arbiy Pomir-Olayda kam tarqalgan, kamyob endemic tur.
Qisqacha tavsifi: Bo`yi 20-25 sm, deyarli poyasiz yoki juda qisqa poyali (2-3 sm) ko`p yillik o`t. Barglari oddiy yoki murakkab, uchta bargchadan tashkil topgan, barg bandi uzun, yarim yostiq tuk bilan qoplangan, bargchalari keng-ellips yoki keng – tuxumsimon ba`zan yumaloq. Gulpoyasi 15 sm uzunlikda, shingili siyrak. Guli yashil – sarg`ish rangli. Dukkagi cho`ziq – oval shaklda. Aprelda gullab, Mayda mevasi pishadi.
Tarqalishi: Ko`xitang va Xisor tizmalarida (Xo`ja- Gur –Gur- Ota, Cho`lbayir, G`oziboylik, Oq boshtog`, Qoziqo`rg`on), Xandiza daryo xavzasida, xamda Bobotog`ning Chag`am qishlog`I yaqinida tarqalgan (Surxandaryo viloyati).
O`sish sharoiti: Ola jinslarda, loyqa va gipsli tuproqlarda va qizil qum toshlarida o`sadi.
Soni: Yakka xolda 3-4 tupi birgalikda yoki kichik to`plar hosil qilib o`sadi.
Ko`payishi: Urug`dan ko`payadi.
O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari: Aniq ma`lumot yo`q, lekin gipsli jinslardan tashkil topgan o`ziga xos sharoitga o`sishga moslashganligi uchun maydoni kengaymasa kerak.
Madaniylashtirilishi: O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida ekib o`stirilmoqda. Lekin mevaga kirgani yo`q.
Muxofaza qilish choralari: Qizil kitobga kiritilgan. Turni saqlanib qolishi uchun tabiiy xolda o`sayotganlarini nazorat ostiga olish lozim.


OQ PARPI


  • Kamyoblik darajasi 3. Tiyanshan, Pomir – Olay tizmasidagi son jihat kamayib borayotganligi ariali bo`lingan endemic o`simlik.

  • Qisqacha tasnifi: bo`yi 1,5 m ga yetadi ko`p yiilik, tuganak ildiz poyali o`t. Ildizpoya tuganakning yonma yon qo`shilishidan hosil bo`ladi.poyalari oddiy, tik o`suvchi. Poyaning yuqori qismidagi bargi bandsiz qolgani bandli. Yaprog`I asosigacha yirik tishli bo`laklarga ajralgan. Gullari poyaning yuqori qismiga o`rnashgan, yirik shingil hosil qiladi ko`kimtir. Iyun – iyul oylarida gullab, iyul- avgust oylarida mevaga yetiladi.

  • Tarqalishi:Piskon, Chotqol, Farg`ona, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida tarqalgan (Toshkent, Farg`ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari). Tojikiston va Qirg`izistonda ham uchraydi.


  • Download 1.05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling