Buxoro astagali


Download 1.05 Mb.
bet3/6
Sana06.09.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1673773
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gullar

Tarqalishi: Chotqol tizmasi ( Ohangaron daryosi havzasi) da va Farg`ona vodiysi ( Oqsuv va Qorasuv daryolari havzalari) da tarqalgan ( Toshkent va Namangan viloyatlari)
O`sish sharoiti: Tog`larning o`rta qismida toshli shimoliy yonbag`irlarda o`sadi.
Soni: Yakka – yakka xolda uchraydi.
Ko`payishi: urug`dan ko`payadi.
Muxofaza choralari: Qizil kitobga kiritilgan. Chorva mollarini boqish tartibga solish va o`simlikni madaniylashtirish ishlarini yo`lga qo`yish lozim.


BOYSUN OKSITROPISI
Kamyoblik darajasi 2. Janubiy- G`arbiy Pomir – Olayda o`sadigan kamyob, endem tur.
Qisqacha tasnifi: Bo`yi 20-40 sm,kulrang- yashil, siyrak chim hosil qiluvchi, yog`ochlangan, yo`g`on, kalta shoxlangan kaudeksli ko`p yillik o`simlik. Barginig uzunligi 10-30 sm, bargchalari 15-25 juft, uzunligi 7-20 mm, eni 3-7 mm, cho`ziq – nashtarsimon, uzun, yotiq tuklar bilan qoplangan. Shingili siyrak, uzunligi 10-20 sm, 15-30 gulli. Tugunchasi choziq, qisqa tukli, bandi 2-3 mm uzunlikda. Dukkagining uzunligi 20-25 mm, eni 4 mm, tumshuqchasi qayrilgan, uzunligi 5-9 mm, deyarli ikki uyali. May – iyun oylari gullab, iyun – iyul oyida mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Hisor tizmasida tarqalgan ( Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatari)
O`sish sharoiti: Tog`ning o`rta qismida tosh – shag`alli va mayda zarra tuproqli yonbag`irlarda, surilmalarda, boshoqli o`simliklar va archazorlar orasida o`sadi.
Soni: Yakka – yakka xolda tarqalgan.
Ko`payishi : Urug`dan ko`payadi.
Muxofaza choralari: Maxsus muxofaza chora tadbirlari ishlab chiqilmagan.


SHU`LALI ZIRAKO`T

Kamyob darajasi1. Janubiy – g`arbiy Qizilqumda juda oz miqdorda saqlanib qolgan kamyob endem tur.
Qisqacha tasnifi: bo`yi 3-7 sm keladigan, yer bag`irlab o`suvchi, deyarli poyasiz, tuklar bilan qoplangan bir yillik o`t. Bargi asosan bitta, yirik, teskari- tuxumsimon yoki 1-2 juft yonbargchali, ustki tomoni qisqa yotiq, pastki tomoni xurpaygan oq tukli, bandi 5 sm uzunlikda. Gulpoyasining uzunligi 2-3,5 sm. Shingili yoyiq, 3-7 gulli. Kosachasining uzunligi 3-3,5 mm. Dukkagi g`adir budir katakchali, uzunligi va eni 1 sm atrofida. May oyida gullab, iyunda mevasi yetiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling