O`sish sharoiti: Tog`larning o`rta va yuqori nam yerlarda va yonbag`irlarida va buloqlarning atrofida o`sidi.
Soni: Butun ariali bir –biridan ancha uzoq joylashgan kata bo`lmagan to`p hosil qiladi.
Ko`payishi: Urug`dan ko`payadi.
Madaniylashtirilishi: O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stiriladi.
O`simlik soni va arialining o`zgarish sabablari: Xalq tabobatida dorivor sifatda ishlatiladi.
YOVVOYI GLADIOLUS
Kamyoblik darajasi 1. Janubiy –G`arbiy Pomir – Olaydagi kamyob tur.
Qisqacha tavsifi: Bo`yi 80 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t. Barglar qilichsimon, uzunligi 18-20 sm, o`tkir uchli, kam tomirli. To`pgulli boshoqsimon, 6-8 gulli ( ba`zan 10 tagacha). Guloldi barglari nashtarsimon, gullari tik, gulqo`rg`oni pushti rangli. Mevasi yumaloq- tuxumsimon ko`sak, uzunligi 1 sm gacha. Tuganak piyozchasi tuxumsimon, qo`ng`ir rangli qobiq bilan o`raglan. Iyun oyida gullab, iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Hisor, Boysuntog` va Ko`xitang tizmalarida tarqalgan ( Surxandarya viloyati)
O`sish sharoiti: Buloqlar atrofida, soz va yumshoq tuproqli yonbag`irlarda va tog` daryolari bo`ylaridagi hamda butazorlarda o`sadi.
Soni: Tabiatda yakka- yakka yoki to`p – to`p bo`lib o`sadi
Ko`payishi: Urug`dan ko`payadi.
O`simliklar soni va arealining o`zgarish sabablari: Gullari guldastalar uchun terib olinishi va yosh nihollarining oyoq osti qilinishi tufayli kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi: O`zbekiston respublikasi FA Botanika bog`ida o`stirilmoqda.
ANGREN TANGAO`TI
Kamyoblik darajasi 2. G`arbiy Tyanshanda Chotqol tizmasida uchraydigan kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha tasnifi: Bo`yi 20 sm ga yetadigan poyasiz, qishda yer usti qismlari qurib qoladigan ko`p yillik o`t. bargi murakkab, uzunligi 10-16 sm, bargchalari 3-4 juft, oval shaklda, har ikki tomoni tukli, ustki tomoni siyrak, ostki tomoni qalin tukli. To`pguli bargiga teng, ba`zan undan uzunroq, 16- 18 sm. Kosachasi uzun tukli. Dukkagi tuksiz, bir- ikki ba`zan uch bo`g`imli. Iyun oyida gullab, iyul – avgustda mevasi yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |