BOYSUN PO`FANAGI
Kamyoblik darajasi 2. G`arbiy Hisor tizmasidagi areli ajralgan kamyob endem o`simlik.
Qisqacha tavsifi: Cho`ziq tugunakli ko`p yillik o`t. Yopirma barglari bandli, uch karra bo`lingan, bo`laklari yumaloq yoki o`tkir tishli. Yon bo`laklari bandsiz yoki qisqa bandli, o`rta qismida 1,5 sm li uzunlikdagi bandga ega. O`rama barglari 2-3 ta, yuqori qismi uch karra bo`lingan, Gulbandi 1-4 ta, tuklar bilan qoplangan. Gulari 1-2 ta, diametri 3-4 sm, sariq rangli. Changdoni va changchilari sariq, urug`chasi esa qora rangli. Urug`I 0,3- 0,35 sm uzunlikda. Tumshuqchasinig uzunligi 0,2 sm sertuk. Mart – Aprel oylarida gullab, May oyida mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Hisor tizmasida Boysun, Sherabod va Denov atrofida ( Surxandaryo viloyatida) o`sadi. Tojikistonda ham uchraydi.
O`sish sharoiti: Тo`g yonbag`irlarida soz va mayda jins tuproqlqrda hamda tog` etaklaridagi ona jinslarda tarqalgan.
Soni: Tabiatda kam uchraydi. Odatta kichik-kichik to`plar hosil qilib o`sadi.
Ko`payishi: Urug`dan, bazan vegetativ yo`l bilan ham ko`payadi.
O`simlikning soni va arealining o`zgarish sabablari: Gullari yig`ib, tuganaklari qazib olinadi. Chorva mollari payxon qilib ketadi.
Madaniylashtirilishi: 1965-yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stirib kelinadi. Har yili gullab urug` beradi.
Muxofaza choralari: Qizil kitobga kiritilgan. Tabiatda saqlanib qolgan to`plarini nazorat ostiga olish lozim.
TUKSIZ SUG`URO`T
Kamyoblik darajasi 2: Janubiy-G`arbiy Tyanshan areali bo`lgan juda kamyob, endemik tur.
Qisqacha tafsifi: Bo`yi 15-20 sm, shingilsimon ildizli, ko`p yillik o`t. Ildiz poya bo`g`zidan chiqqan qo`ng`ir barlari qisqa, bir echta poyalar o`sib chiqadi. Poyalari shoxlangan serbarg. Barglari patsimon bo`lingan, yupqa, mayda. Gullari yirik, yakka – yakka, to`q – sariq rangli. Mevasi yupqa ilmoqsimon o`simtali.May oyida gullab, iyul – avgust oylarida mevasi yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |