Tarqalishi: Qizilqumdagi qoldiq tog`larda (Kuljuqtog` etaklarida joylashgan Churuq, Oyoqgujumli quduqlari atrofida ) tarqalgan ( Buxoro viloyati ) Eronda ham uchraydi.
O`sish sharoiti: Qoldiq tog`lardagi shag`al – toshli yonbag`irlarda o`sadi.
Soni: Bir – biridan uzoqda yakka – yakka xolda, ba`zan esa 2-3 tup bo`lib o`sadi. Uch joyda 1 gektarga yaqin maydonga tarqalgan.
Ko`payishi: Urug`idan ko`payadi. Urug`I qattiq qobiq ichida joylashgan. Shuning uchun yog`in ko`p bo`lgan yillari yaxshi unib chiqadi.
Madaniylashtirilishi: 1962- 1964 yillarda O`zbekiston Respublikasi FA Botanika instutining Qizilqumdagi cho`l stansiyasida ekib o`stirilgan.
Muxofaza choralari: Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muxofaza choralari ishlab chiqilmagan. Oyoqgujumli , Churuq quduqlari atrofida bahor oylarida chorva mollarini boqishni cheklash lozim, o`simlikni tajriba stansiyasida ko`paytirish tavsiya etiladi.
KNORRING ISFARAGI
Kamyoblik darajasi: Olay tizmasidagi kichik maydonda tarqalgan kamyob endem o`simlik.
Qisqacha tasnifi: Bo`yi 35-45 sm ga yetadi o`q ildiz, ko`p yillik o`t. Barglari asosan poyaning pastki qismida joylashgan. Barg bandi uzun, pastki qismi biroz kengaygan, yaproq yumaloq buyraksimon 5 ta panjasimon bo`laka ajralgan bo`laklari – teskari tuxumsimon ular ham o`z navbatida biroz qirqilgan. Poyasi kam shox 5-7 gulli, gulqo`rg`oni och binafsha rangda, keng ellipis- tuxumsimon, pixlari ingichka, uzunligi 2,5 sm, uchi ikkiga ajralgan.Iyun oyida gullab, iluy oyida mevalaydi.
Tarqalish: Shohimardon daryosi havzasida (Farg`ona viloyati). Qirg`izistonda ham uchraydi (O`sh viloyatida)
O`sish sharoiti:Tog`larning pastki va o`rta qismidagi yonbag`irlarida va qoyalarda o`sadi.
Soni: tabiatda yakka- yakka yoki to`p – to`p bo`lib o`sadi. Umuiy soni aniqlanmagan.
Ko`payishi: Urug`dan ko`payadi.
Muxofaza choralari: Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muxofaza tadbrlari ishlab chiqilmagan. O`simlik umumiy sonini aniqlash, bioekologik xususiyatini tabiatda va botanika bog`larida o`rganish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |