Buxoro atrofidagi qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar


Mundarija Kirish………………………………………………………………


Download 398.89 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi398.89 Kb.
#1453461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro atrofidagi Qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar (1)

Mundarija
Kirish……………………………………………………………….. 5-6
1. Bibi Mahsumaipok ziyoratgohi va u haqida rivoyatlar…………. 7-12
2. Childuxtaron-ayol avliyolari…………………………………………… 13-15
3. Qizbibi majmuasiva u haqida qiziqarli ma’lumotlar........................... 16-18
Xulosa..……………………………………………………………… 19-20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………. 21
Ilovalar……………………………………………………………… 22-25

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Azaldan G‘arb bilan Sharqni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgan Buxoro boy va shonli tarixga ega. Buxoroning tarixiy obidalari uning buyukligidan guvohlik beradi. Bu shaharning har bir go‘shasi boy tarixga ega bo‘lib, minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Buxoro o‘zining ko‘plab tarixiyme’moriy yodgorliklari bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Bu ko‘hna shaharning har bir ko‘cha-yu xiyoboni, go‘shasida olis o‘tmishning akssadosi bor. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan minoralar inson aql-zakovatini namoyish qiladi. Buxoro Sharq-u G‘arbda ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko‘zgusi, degan faxrli nom olgan. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiyme’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo‘lgan. Buxoroi Sharifda qadimiy obidalar benihoya ko‘p. Ularning har biri qadrli. Har biridan moziy nafasi kelib turganday bo‘ladi. Har biri ajdodlarimizning qanday insonlar bo‘lganliginining tilsiz guvohidek tuyuladi.Aslida ham shunday.
O‘zbek xalqining tarixi yozma manbalar bilan bir qatorda osori-atiqalarimizda ham muhrlanib qolgan. Kitoblar o‘qiladigan dalillar bo‘lsa, yodgorliklar ko‘riladigan dalillardir. sori-atiqalar tarixini bilish ham o‘tmishimiz haqidagi taassurotlarimizni boyitadi va aniqlashtiradi. Xalqni tarixiy, moddiy va madaniy merosni o‘rganish bilan tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir kattakichik yodgorlik o‘zbek xalqi tarixidagi muhim bir voqea yoki sana bilan bog‘liq, yoki bo‘lmasa davlat ahamiyatiga molik biror zarurat tufayli bunyod etilgan. Buxoro eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, YUNESKOning Butunjahon me’moriy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Turli davrlarda bunyod etilgan nafis san’at va me’morchilik durdonlaridan iborat shahar 1997-yilda o‘zining 2500 yilligini nishonladi. Qadimiy Buxoroga ko‘rk salobat baxsh etib turgan me’morchilik obidalari ota-bobolarimiz aql-u zakovati, iste’dodining yorqin timsoli sifatida halihanuz dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xuddi to‘r bilan qoplangan Ismoil Somoniy maqbarasi, Ulkan qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko‘plab masjid va madrasalar, karvonsaroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi.

Download 398.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling