Buxoro atrofidagi qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar


Childuxtaron-ayol avliyolari


Download 398.89 Kb.
bet5/7
Sana11.05.2023
Hajmi398.89 Kb.
#1453461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro atrofidagi Qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar (1)

2.Childuxtaron-ayol avliyolari
O’rta Osiyoning ko’pgina shahar va qishloqlarida Childuxtaron yoki qirqqiz nomi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina mozozrlar, qadamjolar mavjuda. Bir Buxoro viloyatining 18 joyida shu nomdagi qadamjolar mavjud. Childuxtaron haqidagi afsonalar turli xilda bo’lsa, ikkinchisi Arkning sharqiy tomonidagi pastlikda joylashgan. Childuxtaron Mehtar shohbek va Arabon ko’chalarida Arkning sharqiy tomonidagi pastlikka, kichik ayvonchada ikki tug’ ko’tarilgan bo’lib, afsonalarga qaraganda, bu yerlar botqoqlik bo’lgan. Odobsiz kishilar orasida yashashni xohlamagan 40 qiz shu botqoqlikka g’oyib bo’lgan14.
Ark tepasida ilgarigi vaqtlarda Childuxtaron mozori bo’lmagan, faqat XIX asrning 60-yillarida Ark tepasida Childuxtaron mozori paydo bo’lgan. Shuning uchun bu Childuxtaronga hech qanday tug’, sog’ona ham, umuman “muqaddaslik” ko’rinishlari ham bo’lmagan. 1959-1960-yillarda Buxoro amiri Olimxon amakivachchasi va amirlik davrida sarkardalikmansabida ishlagan Mirbobo va Rossiya imperatorligi siyosiy agentligida tarjimai, Mirzo vazifalarida ishlagan Mirzo Ahmadjon kabi kishilar bilan qilingan suhbatda shunday hikoya qilgan edilar. Buxoro xalqi o’rtasida amir Botirxon amir jallod nomi bilan mashhur bo’lgan Amir Nasrullo (1826-1860) Shahrisabzni zabt etib, uning hukumdorini va butun erkak avlodlarini fojiali ravishda o’ldiradi. Shahrisabz hukumdorining singlisi Kenagasxonni va uning qirq kanizagini Buxoroga – Arkka olib keladi. Kenagasxon akasi va qarindoshlarining Nasrullodan o’chini olish uchun payt poylab, bir kechasi uning qulog’iga simob quyadi. Buni sezgan Nasrullo o’limi oldidan Kenagasxon va 40 kanizagini quduqqa tashlatadi. Ular 40 gazlik quduqning tagiga borguncha jasadlari o’tkir sixlarga tegib, tilka-pora bo’lgan. Ana shularning sharafiga Ark tepasida keyinchalik “Childuxtaron” (Qirq qiz) nomi berilgan va ularning arvohlarini yodlab, Arkdagi pastki xizmatkorlar tabaqasi sham yoqqanlar va ularning arvohlarini eslab turganlar, kyinroq esa bu joy ham Muqaddas joylardan biriga aylangan va “Childuxtaron” degan nom bilan atalgan. Revolyutsiyagacha amir Muzaffar, Ahad, Olim va ulardan oldingi hukumdorlar saroydagi xizmatkorlardan qattiq ranjisa, ularni Childuxtaron qudug’iga tashlaganlar. Agar saroy xizmatkorlaridan birortasi ko’rinmasa, saroydagilar, uning quduqqa tashlanganligini sezganlar15.
Navmeton (Buxoro rayonidagi “Leninizm” kolxozi) tepaligining yaqinida undan pastroq tepalik bor. Afsonalarga qaraganda, bu yerda yashagan qirq qiz “kofirlardan” qochib g’oyib bo’lgan emish. Shofirkon rayon “Qizil Bayroq” kolxoz territoriyasidagi tepalik ham qirqqiz deb ataladi. Uning shunday deb atalishiga sabab, hamma vaqt cho’ldan yovlar kelib qishloqqa hujum qilgan, qishloqlardagi erkaklar qurol kuchi bilan ularni daf qilar ekanlar. Ittifoqo, ekraklar yangi ariq chiqarish maqsadida hasharga ketadilar. Qishloq qizlaridan 40 tasi o’z otalarini harbiy kiyimlarini kiyib, qurollanib yovga qarshi kurashadilar va halok bo’ladilar, ularning sharafiga tepalikka maxsus mozor qilib, ularning ruhiga sig’inganlar. Bu to’g’rida shu qishloq keksalari, ayniqsa Mahmudov Hasan shaxsiy pensioner) 1963-yilda hikoya qilib bergan edilar16.
Bu afsonada biro z haqiqat bor. Chunki Jilvon arig’idan shimol tomoni cho’l bo’lgan, shu cho’ldan ko’chmanchi qabilalr hamma vqt qishloqlarga hujum qilib turganlar va qishloqlarni talab, xotin-qizlarni asir qilib olib kelganlar. Bunday voqealar tarixda ma’lum. Gap shundaki, qadim zamonlarda islomiyatgacha xotin-qizlar urug’ hayotida asosiy o’rinlarni egalaganlar.
Shuning uchun ayol “Avliyo” lari islomiyatgacha mavjud bo’lgan, keyinroq mahalliy xalq urf-odat qoldig’I sifatida mana shunday ayol “avliyo” larni ulug’lab turli afsonalar yaratganlar17.
Islomiyatgacha sharq xalqlari, shu jumladan O’rta Osiyo xalqlari ko’p xudolarga ishonganlar. Ulardan biri – Anaxita hosildorlik xudosi hisoblangan. Anaxita xudosi ayol obrazida tasvir etilgan. Islomiyatgacha yozilgan va bizgacha yetib kelgan kitoblardan biri Avesto kitobida boshqa xudolar bilan bir qatorda Anaxita ayol xudosi haqida shunday so’zlar yozilgan. Anaxita hamma erkaklarni o’stiradi, butun ayollar uchun onalik ko’kragini yaratgan, ayollarning oson ko’z yorishi uchun butun choralarni ko’radi, bola tug’ilishi zahoti ona ko’kragini sut bilan to’ldiradi. Janbaskala otashparastlarni ibodatxonasida Anaxita kultini tasvirlab, yasalgan ko’pgina haykalchalar topilgan18.
Buxoro shahridagi mashhur Labi Hovuzning sharqiy tomonida Oybinoq jomeʼa bor. Ushbu goʼzal obidani Hazrat Bibi Oybinoq oʼz mablagʼlaridan bino etganlar. Shoʼrolar zamonida Oybinoq masjidi otxona. nonvoyxonaga aylantirilgan edi. Istiqlol sharofatidan Oybinoq jomeʼsi namozxonlar ixtiyoriga berildi. Saxovatli yurtdoshlarimiz sharofatidan bu yerda yangi hujralar, shuningdek, tahoratxona qurilgan. Mazkur obidaning shimolidagi hovli ichida Hazrat Bibi Oybinoq qabrlari bor. Bu ziyoratgoh Xoja Porso koʼchasi, 6 uydadir19.
Maʼlumki, Hazrat Bahouddin Naqshband uylanganlar va ul zoti sharifning bir qizlari boʼlgan. Hazrat Bahouddin Naqshband qizlarini Аlouddin Аttor oʼz nikohlariga olgan. Bahouddin avlodlari mana shu kishilar orqali XXI asrga yetib keldi. Hazrat Bahouddin Naqshband qizlarining qabrlari Xoja Аlouddin Аttor ziyoratgohidadir20.



Download 398.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling