Buxoro atrofidagi qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar


Qizbibi majmuasiva u haqida qiziqarli ma’lumotlar


Download 398.89 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi398.89 Kb.
#1453461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro atrofidagi Qizbibilar, ayol avliyo va qadamjolar (1)

3.Qizbibi majmuasiva u haqida qiziqarli ma’lumotlar
Buxoro viloyati (Jondor tumani)dagi meʼmoriy yodgorlik (16 — 18-asrlar); Buxoro shahridan 30 km gʻarbda joylashgan. Majmua «Bibi Maxsumai pok» nomiga sazovor boʻlgan Ogʻoyi Buzurg — Qizbibi nomli mashhur qizning nomi bilan bogʻliq. Majmuaning umumiy tarhi toʻrtburchakka yaqin, umumiy mayd. 0,5 ga. Shim. va jan. hovlilar atrofida joylashgan darvozaxona, hujralar, ayvonli masjidxonaqoh, maqbara, quduq, hammom hamda shim. dagi xoli turgan binolardan iborat; hovli sahni pishiq gʻishtlar bilan qoplangan21. Majmuaga peshtoqgumbazli darvozaxona (tarhi 4,3×4,4 m) orqali kiriladi; darvozaxona old tomonining ikki yoniga simmetrik yordamchi xonalar (2,1×1,8 m) qurilgan; darvozaxona yoʻlak (0,8×3,1 m) orqali gʻarbiy tomondagi xonalar bilan bogʻlangan: ularning biri maqbara, ikkinchisi chillaxona vazifasini oʻtagan; darvozaxonadan keng hovli (19×17 m) ga oʻtiladi. Hovlining shim. tarafida kichikroq, darvozaxonaning chap yonida yirikroq hujralar joylashgan. Gʻarbiy tomondagi hujralar oʻrtasida keng supa, hammom, quduq mavjud. Hovlida majmuaning bosh mahobatli binosi — masjidxonaqoh (8,2×8,2 m) qad koʻtargan, u peshtoqgumbazli boʻlib, uning bosh peshtogʻi hovlining sharq tarafidagi Qizbibi maqbarasiga qaragan. Tashqi tarafidan masjidxonaqohning 3 ta burchaklariga guldastalar ishlangan; mehrob tomondagi 2 oʻtish ravogʻi uni hammom bilan bogʻlagan. Xonaqohning jan. da 9 ustunli ayvon (10,7x 11,6 m) joylashgan22.
Hazrat Qizbibi ziyoratgohi Buxoro viloyati, Jondor tumani, Varaxsha choʼlida joylashgan. Choʼlning oʼrtasida goʼzal masjid, bir necha hujralar, maqbara, quduq, darvozaxona - xullas ajoyib bir majmua qad koʼtargan.Sobiq Ittifoq zamonida ushbu vayrona holda edi. Istiqlol sharofatidan Qizbibi majmuasi taʼmirlanib, asl holiga keltirilgan. Jomeʼ masjid namozxonlar ixtiyoriga berilgandir. Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida ham Qizbibi ziyoratgohi bor. Bu ziyoratgohda jomeʼ masjid qurilgan. Ziyoratgoh obod etilgan23.
Majmuaning shim. dagi hovli (33×9 m) sahni masjid sahni bilan barobar. Masjid bilan maqbara oʻrtasidagi hovli (23×9 m) shim. hovlidan 60 sm past. Hovlining sharqiy tomoni (masjid roʻparasi)da qurilgan Qizbibi maqbarasi ikki xonadan iborat: shim. xona (4×2,8 m) balxiy gumbaz, sagʻanali xona (4,8×4,9 m) oddiy gumbaz bilan yopilgan, bezaksiz; faqat tashqi tarzining baʼzi joylari ganch suvoqqilingan; maqbaraning gʻarbiy tomoniga ayvon tutash. Majmuadagi binolardan faqat masjid ayvonigina yogʻoch oʻymakorligi, yigʻma boʻlaklar orasiga qadalgan shishalar, tekis shiftdagi girih naqshlar bilan ziynatlangan. Majmuaning shim. sharqiy qismida darvozaxona bilan maqbara oraligʻiga keyinchalik oshxona, otxona va boshqalar yordamchi xonalar qurilgan (ular saqlanmagan). Majmuadan tashqarida, darvozaxonadan oldinroqda ham bir bino boʻlib, u chillaxona vazifasini oʻtagan. Unda ruhiy kasallikka chalinganlar davolangan. Qizbibi (Ogʻoyi Buzurg) ziyoratiga, dardlariga shifo izlab, asosan, ayollar kelgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra majmua (ayniqsa, chillaxona)ga faqat ayollar kirishi mumkin boʻlgan. Qizbibi majmuasi keng qamrovli vazifalarni oʻtagan, anchagina murakkab tuzilishga ega boʻlgan meʼmoriy majmua namunasidir24.
Hazrat Orifabibi ziyoratgohi Shofirkon tumanida joylashgan. Bu yerda Orifabibi qabrlari, tugʼ, masjid bor.
Ushbu ziyoratgoh Buxorodan Laqlaqa (Romitan)ga olib bouvchi qadimiy yoʼl yoqasida boʼlgan. Gazli yoʼli bino etilgandan soʼng, qadimiy Laqlaqa yoʼli buzildi.Xoki Poyi Buxoro - Bibi Kabudpoʼsh ziyoratgohi Buxoro tumani Shayxoncha aholi punktidadir. Sobiq Ittifoq zamonida ziyoratgohdagi qabralar buzilib, tugʼ olib tashlangan. Tepalikni tekislab yerga qoʼshmoq maqsadida traktorni ishga solganlar. Lekin traktor oʼz-oʼzidan buzilgan. Shundan soʼng tepalikni buzmoqqa jurʼat qilolmaganlar25.
Hazrat Bahouddin onalarining ziyoratgohi ham Qasri Orifondadir. Ushbu ziyoratgohda qabr, tugʼ, masjid, hovuz bor. Аyni shu kunlarda ushbu ziyoratgo bilan Hazrat Bahouddin ziyoratgohlari bir ulkan majmuaga aylantirilgan26.


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilmu ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo'lidan darak beradi. Buxoro muqaddas qadamjolarga boyligi bilan dunyoda o’z o’rniga ega makon hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu maqolada Buxorodagi muqaddas qadamjolarning tarixi va tavsifi ilmiy tahlil qilingan.
Istiqlolga erishganimizdan so’ng vatanimiz tarixiga bo’lgan e’tiborning kuchayishi, tarix va tarixiy jarayonlarga xolisona yondashish, millat va xalq qahramonlari bo’lgan vatanparvar qahramonlar, ulug’ avliyo va anbiyolar, muqaddas qadamjolarni obod etish, ularni hozirgi avlodga o’rnak bo’luvchi ilmiy, diniy, ma’naviy, tarbiyaviy fazilatlarini o’rganish, qayta tiklash hamda teranroq anglash, kelajak yoshlarning milliy-ma’naviyatini yanada yuksaltirish, muqaddas ziyoratgohqadamjolarni obod etish har bir fuqarolarimizning burchi ekanligini unutmasligimiz lozi.
Azaldan G‘arb bilan Sharqni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgan Buxoro boy va shonli tarixga ega. Buxoroning tarixiy obidalari uning buyukligidan guvohlik beradi. Bu shaharning har bir go‘shasi boy tarixga ega bo‘lib, minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Buxoro o‘zining ko‘plab tarixiyme’moriy yodgorliklari bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Bu qo‘hna shaharning har bir ko‘cha-yu xiyoboni, go‘shasida olis o‘tmishning akssadosi bor. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan minoralar inson aql-zakovatini namoyish qiladi. Buxoro Sharq-u G‘arbda ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko‘zgusi, degan faxrli nom olgan. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiyme’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo‘lgan. Yer yuzida insoniyat ma’naviy yuksalishiga beshik bo‘lgan, kechmishi bir necha ming yillik tarixga borib bog‘lanadigan, bashariyatning barcha taraqqiyot bosqichlariga guvoh bo‘lgan, bag‘rida ham olis o‘tmish, ham bugungi tamaddun jarayonlarini namoyon etuvchi shaharlardan biri bo‘lgan Buxoroi Sharifdagi tarixiy va madaniy obidalarni o‘rganish uchun nafaqat dunyo ahli, balki o‘zimizning yosh avlod ham buyuk tariximiz haqida bilishga haqlidir va o‘rganishi kerak.



Download 398.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling