Buxoro davalat universiteti
Download 23.96 Kb.
|
mustaqil t 14
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVALAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’ILM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
MUSTAQIL TA’LIM Bajardi:14-2MT/17 guruh talabasi Ismoilova Saida Mavzu: TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH USULLARI REJA: 1. Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari 2. Bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi 3. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, otaonalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi. Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi. Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: otaonalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’limtarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi. Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaningbilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga olish kerak. Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati – uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o‘xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlarilozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi. Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg‘ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendarrejaningmazmunibolalarfaoliyatininghammaturlaridaaksettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o‘yini ham, mehnat mashg‘uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachinin ghar kungi kalendar rejasidan o‘rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi qaydarajada borayotganligiga qarab baholanadi. Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi: 1. Bolalarning og‘ zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish: kitoblar, o‘yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o‘tkazgani, uning oila a’zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o‘xshashlar to‘g‘risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko‘ rish; v) she’rlarni takrorlash; g) to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, nutqning grammatik tuzi lishini shakllantiruvchi didaktik o‘yinlar; d) tovushlarni to‘g‘rilash bo‘yicha yakka tartibda shug‘ ullanish. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni rejalashtirish (kichik va o‘rta guruhlarda). Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo‘yashlari uchun rasmli kitobchalar va o‘zlarining chizgan rasmlari beriladi. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‘yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoklar beriladi. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o‘rgatish bo‘yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yin o‘tkaziladi .Ashula va raqsning ay ri m qismlarini takrorlash rejalashtiriladi. Bolalarning o‘yin faoliyatlari rejalashtiriladi : qurilish o‘yinlari rol, syujet bilan bog‘liq qurilish o‘yinlari rejalashtiriladi; syujetli-rolli o‘yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o‘xshash o‘yinlar rejalashtiriladi; v) stol usti bosma didaktik o‘yinlari. so‘zli buyumlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘y inlar, ermak o‘yinlar, xorovod o‘yinlar, xalq didaktik o‘yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idroki ni, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o‘stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o‘yinlari ham rejalashti ri ladi. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi: tabiatdagi mehnat ko‘chat o‘tkazish, suv sepish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qi lish va shu kabilar; xo‘jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig‘ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o‘ simliklar bargini artish); v) qo‘l meh nati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog‘och va kartondan har xii buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o‘tkazilishi dasturda ko‘rsatilgan. Ertalab 2-3 xii faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar e’tiborga olinadi. Mashg‘ulotda biror narsa o‘qib berish rejalashtirilgan bo‘lsa, ertalabki soatda rasm ko‘rish, onasi to‘g‘risida so‘zlab berish, o‘qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xii mashg‘ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg‘ulotlar, kompleks mashg‘ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg‘ulotlari bo‘ladi. Tarbiyachi o‘zining kalendar rejasiga mashg‘ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo‘yadi. Dastur mazmuniga mashg‘ulotning ta’ lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar xajmi ham yoziladi. Mashg‘ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum xajmdagi bi limlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qol may, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‘l lash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarning hajmi rnashg‘ulotdan mashg‘ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‘ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o‘rganadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo‘ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg‘ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o‘z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to‘g‘risida gap boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishningo‘zi yetarliemas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaningbilim,malaka va ko‘nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga olish kerak. Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati – uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o‘xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi. Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg‘ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o‘yini ham, mehnat mashg‘uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o‘rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi. Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi: 1. Bolalarning og‘zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish: kitoblar, o‘yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o‘tkazgani, uning oila a’zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o‘xshashlar to‘g‘risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko‘rish; v) she’rlarni takrorlash; g) to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, nutqning grammatik tuzi lishini shakllantiruvchi didaktik o‘yinlar; d) tovushlarni to‘g‘rilash bo‘yicha yakka tartibda shug‘ullanish. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni rejalashtirish (kichik va o‘rta guruhlarda). Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo‘yashlari uchun rasmli kitobchalar va o‘zlarining chizgan rasmlari beriladi. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‘yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoklar beriladi. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o‘rgatish bo‘yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yin o‘tkaziladi., Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati asosan ko‘rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o‘yindan foydalanishni takrorlaydi. Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo‘l bo‘lib, usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali (ko‘rsatish), og‘zaki (savol. solishti rish, she’r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o‘yin, vaziyat usullari va boshqalar). Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bilvosita metodlardan ham foydalaniladi (yeslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni bolalar yaxshi o‘zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko‘tarish uchun xizmat qiladi XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,Maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim sifati va samaradorligini takomillashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning bazaviy komponentlarining o'ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlarga muhtoj.Nazariy tahlillar natijasida ma'lum bo'ldiki, maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifati masalasi zamonaviy pedagogika sohasida kam ishlab chiqilgan masalalardan biri hisoblanadi. Bizga ma'lum adabiyotlardan juda ham cheklangan miqdordagi tadqiqotlarni (masalan, L.I.Falyushinoy) topdikki, ularda mazkur muammoni maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining ish vaqtidan oqilona foydalanib va pedagog kadrlar bilan metodik ishlarni tashkil qilish vositasida hal qilishga harakat qilingan. Afsuski, sifatli ta'limni ta'minlashning belgilangan jihatlari uni yechish imkonini bermasligi tufayli ushbu muammoni kompleks tadqiq qilishga imkon bermaydi.Maktabgacha ta'lim muassasasi bozor munosabatlari sharoitida sifatni ta'minlovchi ta'lim tashkiloti sifatida namoyon bo'lishi ham o'rganilmagan. Shunday vaqtda o'ziga xos xususiyatlarini bilmasdan bunday sharoitda ta'lim sifatini takomillashtirish konsepsiyasini yaratish mumkin emas.Hozirgi kundagi jahonning rivojlangan mamalakatlari ta'lim tizimi o'rganib uni amaliyotga tadbiq qilish albatta yaxshi natijalarga olib keladi. Download 23.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling