Buxoro davalat universiteti


Download 33.29 Kb.
bet1/6
Sana19.12.2021
Hajmi33.29 Kb.
#182017
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi MTTE (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVALAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’ILM FAKULTETI

MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati

fanidan yozgan


KURS ISHI

Bakalavriat yo`nalishi: 5111800-maktabgacha ta`lim


MAVZU:Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta`lim tizimi

Bajardi: 14-1MT-17 kurs talabasi Baxtiyorova Nargiza


Ilmiy rahbar:Rahmonova.G

Buxoro-2020


Mavzu:Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta`lim tizimi-

Reja:


KIRISH

1. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari.

2.Yaponiyada maktabgacha ta`lim tizimi

3. Fransiya maktabgacha ta`lim tizimi

4.Polshada maktabgacha ta`lim tizimi

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH


XXI asr kishisining idealini ta'lim tizimiga kiritish uning barcha bo'g'inlarining, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimining sifat jihatidan yangilanishi bilan bog'liq. Hammaga ma'lumki, inson hayotining dastlabki yetti yilini o'z ichiga qamrab oluvchi maktabgacha ta'lim yosh davri o'z ahamiyatiga ko'ra noyob holat hisoblanadi. Aynan shu yillarda bolada o'z asosiy insoniy qobiliyatlarining shakllanishi yuz beradi, uning shaxsi rivojining asoslari qo'yiladi.

Insonning kelajagi, uning xulq-atvori, qobiliyati, dunyoqarashi bolalik qanday bo'lganligiga, ta'lim qanday bo'lganligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bularning hammasi bolalikning almashib bo'lmas ahamiyatini, uning barkamol shaxs sifatida shakllanishidagi alohida rolini belgilaydi va maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab ta'lim sifatini ta'minlash muammosini davlat ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylantiradi3.

Maktabgacha ta'lim tizimida boshqarish, maqsadlar, mazmun, vositalar va usullar sifatga, ya'ni sifat va samaradorlikni oshirishga yo'naltirilgandagina "barkamol shaxs" asoslarini shakllantirishni ta'minlovchi ta'lim darajasiga erishish mumkin bo'ladi. Modomiki, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish - ta'lim sifatini boshqarish yaxlit tizimining o'zini-o'zi ta'minlovchi birligi bo'lib

xizmat qilar ekan, bunda uni bu jarayonning tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqish kerak.

Samaradorlik xar qanday faoliyatda eng kam kuch sarflash va moddiy jihatdan kam harajat qilgan xolda, qisqa vaqt ichida ko'zlangan maqsadga to'la erishishdir. Garchi buni faoliyatga tatbiq etadigan bo'lsak, unda qulaylik tomoni ham hisobga olinadi. Lekin uning amalda hal qilinishi ma'lum shart-sharoitga bog'liq bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tizimi rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash ta'limdagi va jamiyatdagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda ularning ta'lim sifatiga ta'sirini belgilash uning boshlang'ich bosqichi bo'lishi kerak.

Har qanday boshqa ilmiy ijtimoiy nazariya kabi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish nazariyasi ham turli fanlar, awalo falsafa fani tomonidan ishlab chiqilgan umumuslubiy yondashuvlardan, qoidalardan, prinsipiardan kelib chiqadi.


Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling