Buxoro davalat universiteti


Polshada maktabgacha ta’lim


Download 33.29 Kb.
bet6/6
Sana19.12.2021
Hajmi33.29 Kb.
#182017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi MTTE (1)

Polshada maktabgacha ta’lim

4. Polshada maktabgacha ta’limni bolalar bog‘chasida yoki maktabdagi maxsus

sinflarda oladi. « Nolovoy sinf» 6 yoshdagi hamma bolalar uchun

majburiydir.

Hamma bog‘chalarda polyak bolalari maktabda o‘zini qanday tutishi kerakligi

haqida o‘rgatib boriladi.

• Haqiqiy maktabga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bolalar o‘qishni,

yozishni va chizishni o‘rganadilarda.Jismoniy tayyorgarlikka ko‘p vaqt

berilgan.Hamma mashg‘ulotlar o‘yin tarzida olib boriladi.

• Bolalar bog‘chaga 3 yoshdan boshlab boradi.

• Ota- onalar bola tarbiyasini tajribali pedagoglarga ishonishadi hattoki

uylari bog‘chadan uzoq bo‘lsa ikki haftalab qolishi mumkin. Yuqori

narxlarda shaxsiy bog‘chalar faoliyat yuritadi hamda ular murakkab

dasturlar asosida bolalarni maktabga tayyorlaydi. Xorijiy tildan bir yoki

ikkitasi o‘rgatiladi.Oilada boshlang‘ich ta’lim dasturini o‘zlashtirishiga

alohida e’tibor qaratiladi.

Polshada MTTlar 3 bosqichni o`z ichiga oladi.Kichik guruh,o`rta guruh va katta guruh.Kichik guruhga 1-3 yoshli bolalar boradi ,ayrim MTT lar 6 oylik bolalarni ham qabul qilishi mumkin.O`rta guruhga 3 yoshdan va tayyorlov guruhiga 6 yoshdan boshlab qabul qilinadi.Kichik va o`rta guruhga borish majburiy emas,ammo tayyorlov guruhiga borish shart.MTT ga bolani ertalab soat 7 da olib borib,kechki 17 da olib ketish kerak.Kunduzi odatiy mashg`ulotlar o`tilsa tushdan keyin ota-onalarning xohishlariga qarab pullik asosida qo`shimcha mashg`ulotlar ham o`tiladi.Polshada MTT lar soni chegaralangan .Ularda o`rtacha bitta guruhda 25 bolaga bir tarbiyachi va ikki enaga qaraydilar.Davlat MTTlariga bolani joylashtirish uchun ota-ona bola MTTga borishidan bir yil avval onlayn qabulga yoziladi.Bolaning qabul qilinishi yoki qilinmasligini aynan avtomatik qabul hal qiladi.MTTda mashg`ulotlar 1-sentabrdan boshlanadi va 31-iyulda yakunlanadi.Yozda MTTlar uch oy ta`tilga chiqadi.Bolalar uchun badal puli bolaning qanday ovqatlanishiga qarab belglanadi.Polshda nodavlat MTT lar juda ko`p va u yerga bolani joylashtirish birmuncha oson .U yerga yilning istalgan vaqtida qabul qilish imkoni bor.Nodavlat MTTda bir tarbiyachiga 5-7 bola to`g`ri keladi.Albatta bunday MTTlarda bolalar uchun badal puli biroz yuqoriroq.Agar bunday MTTga bola kelmaydigan bo`lsa tarbiyachini oldindan ogohlantirish kerak.Agar ogohlantirilmasa ota- ona o`sha kungi taom uchun ham pul to`lashiga to`g`ri keladi.Bunday turdagi MTTlarda raqs ,sport turlari bo`yicha to`garaklar,sayohatlar tashkil qilinadi va ular uchun yana alohida to`lov qilish zarur .Polshadagi davlat MTTlariga bola ertalab 7 dan tushki soat 13 gacha bordigan bo`lsa,unda to`lov qilish shart emas.Besh soatdan oshgan har bir soat uchun esa to`lov to`lanadi.Polshadagi MTTlarda oshxona yo`q va barcha taomlar maxsus ruxsatnomaga ega taom tayyorlanadigan joydan xarid qilinadi.U yerda ta`lim to`la erkinlikka asoslangan bo`lib,bola agar yozishni istamasa yozmasin,o`ynashni istamasa o`ynamasin degan yo`nalishda ishlashadi.

Polsha MTTlaridagi maydonlar juda ham chiroyli va bolalar uchun xavfsiz qurilgan.MTTlarda tarbiyachilar albatta bolalarni tez-tez sayrga olib chiqishni ma`qul ko`radilar.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,Maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim sifati va samaradorligini takomillashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning bazaviy komponentlarining o'ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlarga muhtoj.Nazariy tahlillar natijasida ma'lum bo'ldiki, maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifati masalasi zamonaviy pedagogika sohasida kam ishlab chiqilgan masalalardan biri hisoblanadi. Bizga ma'lum adabiyotlardan juda ham cheklangan miqdordagi tadqiqotlarni (masalan, L.I.Falyushinoy) topdikki, ularda mazkur muammoni maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining ish vaqtidan oqilona foydalanib va pedagog kadrlar bilan metodik ishlarni tashkil qilish vositasida hal qilishga harakat qilingan. Afsuski, sifatli ta'limni ta'minlashning belgilangan jihatlari uni yechish imkonini bermasligi tufayli ushbu muammoni kompleks tadqiq qilishga imkon bermaydi.Maktabgacha ta'lim muassasasi bozor munosabatlari sharoitida sifatni ta'minlovchi ta'lim tashkiloti sifatida namoyon bo'lishi ham o'rganilmagan. Shunday vaqtda o'ziga xos xususiyatlarini bilmasdan bunday sharoitda ta'lim sifatini takomillashtirish konsepsiyasini yaratish mumkin emas.Hozirgi kundagi jahonning rivojlangan mamalakatlari ta'lim tizimi o'rganib uni amaliyotga tadbiq qilish albatta yaxshi natijalarga olib keladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati

1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. -

T.:O‘zbekiston. 1997

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, -T.:O‘zbekiston. 1997 y.

3. «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 –sonli qaror.

4. “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish

to‘g‘risida” gi 2017-yil 09.09 PF–3261-sonli qaror.

5. “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi 2017-yil 30-sentabrdagi PF–5198-sonli Farmon.

6. Abdullayev Yo. Jahon oliy maktabi: qiyosiy tahlil. T.,2001

7.Isaqulova N.J, Qosimova Z.H. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim(ma’ruza) T.,

2011

8. Mutalipova M.J., Xodjaev B.X. Qiѐsiy pedagogika.-T: 2015y.



9.Yoldoshev G’.J. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim T.,1995

10. Yoldosheva M.B. Obrazovanyie za rubejom. T.,2006

11 Fachglossar- Betriyebliche Ausbildung.DeutschRussisch.Bundesministerium fuir Bildung und Forschung. 2008 Boon,60 s

12 Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: Schol

Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012.

Internet resurslari

1. www.edu.uz.

2. www.uzedu.uz.

3. www.eduportal.uz, www.multimedia.uz.

4. www.bimm.uz

5. www.giu.uz

6. www.tdpu.uz

7. www.pedagog. uz

8. www. Ziyonet. uz



9. Teacher.org, www.teacher.org.

10. www.vikipediya.org
Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling