Sh.Sulaymon o’zbek mumtoz shoirlari ijodini yaxshi bilgan, zamondosh shoirlar asarlarini mutolaa qilishdan to’xtamaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, uning she’rlari A.Oripov va M.Yusuf she’riyatiga hamohanglik jihatlari seziladi. - Sh.Sulaymon o’zbek mumtoz shoirlari ijodini yaxshi bilgan, zamondosh shoirlar asarlarini mutolaa qilishdan to’xtamaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, uning she’rlari A.Oripov va M.Yusuf she’riyatiga hamohanglik jihatlari seziladi.
- Sh.Sulaymon tarix varaqlashdan, uning qatidagi sir sinoatlarni bilishni sira ham to’xtamaydi. U tarix zarvaraqlaridan hikmatlar topib, ularning satrlarga joylaydi va ulardan hayotiy xulosalar, saboqlar chiqaradi.
- Shoiri she’rlari Sharq she’riyati buloqlaridan suv ichgan she’riyat. Shu ma’noda u Sharq mumtoz adabiyotida qo’llangan badiiy san’atlar: talmeh, tashbeh, mubolag`a, tashxis, sifatlash singarilarni muvaffaqiyatli qo’llab, go’zal poetik manzaralar yarata olgan. Ayniqsa, shoir talmehlarining asosi mustahkam. Bunga shoirning “Men baxtdan yaraldim” saylanmasidagi she’rlar shahodat bera oladi.
- Shunday qilib, Sh.Sulaymon she’riyati hozirgi Buxoro adabiy harakatchiligida, qolaversa, zamonaviy she’riyat takomiliga xizmat qila oladi. Undan kelajakda yana go’zal she’riy bitiklar kutib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |