Ta’kidlash kerakki, Shodmon Sulaymon mumtoz adabiyotimizda ana’anaviylashgan bahrlar: ramal va hazajni o’z she’rlarida muvaffaqiyatli qo’llay olgan. Uning “Do’stlik” bilan g`azali ramalda yozilgan bo’lsa, “Navoiysiz”, “Keraksan”, “Komronlar sasi kelgay” singari g`azallari, faxriyalari hazaj bahrida bitilgan. Shodmon Sulaymon she’rlari soddaligi, ravonligi, samimiy his tuyg`ularga to’lib toshganligi bilan alohidalik kasb etadi. Bu fazilatni ta’minlagan jihat uning badiiy so’z durdonalarini she’riy satrlarga nazokat bilan tizishidir. Shu ma’noda shoir she’rlarida Sharq adabiyotida ko’p qo’llangan badiiy san’atlar (talmeh, tashbeh, tashxis. mubolag`a) singarilar samarali istifoda etilgan. Eng avvalo, shoir she’rlaridagi talmehlarni tahlil etishga harakat qilamiz. “Ona tilim” she’ri quyidagicha boshlanadi: - Shodmon Sulaymon she’rlari soddaligi, ravonligi, samimiy his tuyg`ularga to’lib toshganligi bilan alohidalik kasb etadi. Bu fazilatni ta’minlagan jihat uning badiiy so’z durdonalarini she’riy satrlarga nazokat bilan tizishidir. Shu ma’noda shoir she’rlarida Sharq adabiyotida ko’p qo’llangan badiiy san’atlar (talmeh, tashbeh, tashxis. mubolag`a) singarilar samarali istifoda etilgan. Eng avvalo, shoir she’rlaridagi talmehlarni tahlil etishga harakat qilamiz. “Ona tilim” she’ri quyidagicha boshlanadi:
- Humo qanotida sehrli maktub –
- Keksa Nuh yo’llagan o’g`li Yofasga.
- Bir zot ehtirom-la kaftida tutib,
- Sayyoh so’zlaringni “soldi qafasga” –
- Ustoz Qoshg`ariydan meros “Devon”im,
- Ona tilim, onajonim.
- O’zbek tilining qadimiyligi, ko’hna tarixga egaligini ifodalash maqsadida shoir talmehlarga murojaat etadi. Ona tili nima? Shoir nazdida, u “Humo qanotida keksa Nuhning o’g`li Yofasga yo’llangan sehrli maktub”dir. Poetik fikr ohorli. Demak, Nuh payg`ambar va uning o’g`li Yofasga ishora qilinyapti. Yoxud o’zbek tili tarixidagi durdona asar M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asaridir. Shoir shu ulug` manba va uning muallifiga ishora qilar ekan, ona tili tarixiga nazar soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |