Buxoro davlar universiteti filolgiya fakulteti 6-2uzb-17-guruh talabasi jo`raqulova gulruxning “buxoro adabiy harakatchiligi” fanidan tayyorlagan mustqil ishi


SHODMON SULAYMON SHE’RIYATINING BADIIY OLAMI


Download 21.82 Kb.
bet5/7
Sana14.10.2023
Hajmi21.82 Kb.
#1702083
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G.Jo`raqulova

SHODMON SULAYMON SHE’RIYATINING BADIIY OLAMI

  • Shoirning mavjudlikning konkret masalasi - hayot va o`lim, inson taqdiri yoki fe`l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi mushohadasi asosiga qurilgan she`rlar intellektual lirika namunasi sanaladi. Intellektual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr o`tib borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator she`rlari intellektual lirika namunasi sifatida ko`rsatilishi mumkin.

Shodmon Sulaymon XX asr o’zbek adabiyotida mavjud an’anadan foydalanib, qasida uslubida she’rlar bitgan. Ularda Vatan madhi, istiqlolga, bugungi kunlarimizga shukronalik ruhi yorqin ko’rinib turadi. “Jur’at maydoni” she’ri misolida fikrlarimizni asoslashga harakat qilamiz. Faqat bu asarning o’ziga xos jihati shundaki, u zamonaviy barmoq vaznida yozilgan:

  • Shodmon Sulaymon XX asr o’zbek adabiyotida mavjud an’anadan foydalanib, qasida uslubida she’rlar bitgan. Ularda Vatan madhi, istiqlolga, bugungi kunlarimizga shukronalik ruhi yorqin ko’rinib turadi. “Jur’at maydoni” she’ri misolida fikrlarimizni asoslashga harakat qilamiz. Faqat bu asarning o’ziga xos jihati shundaki, u zamonaviy barmoq vaznida yozilgan:
  • Buxoro – mangulik yorlig`i tekkan
  • Yurtlar karvoniga muqaddas mayoq.
  • Bunda oyat tinglab gullaydi tikan,
  • Bunda saksovullar yoqadi chiroq.
  • Niliy gumbazlarda o’tmish suroni,
  • Ulug` madrasada sharqona majlis.
  • Shu tuproq ulg`aytdi necha Sinoni,
  • Shunda kamol topdi ne ilohiy his.
  • Olis sarhadlarga uchgay laylaklar
  • Dunyoga yoyay deb ovozasini.
  • Ammo qishdan chiqmay kelgay daraklab,
  • Muazzam o’n ikki darvozasini...

Unda Buxoro madh etiladi. Taniqli adabiyotshunos I.Haqqulov shoir she’rlarini tahlil etar ekan, shunday yozadi: “shodmonning ilhom qaynog`i, eng avvalo, Buxoro. Uning deyarli barcha she’rida jismu joni ila yurtiga bog`langan buxorolik shoirning nafasini his eta olasiz. Ayniqsa, tarixiy tuyg`ularning yorqinligi va haqqoniyligi alohida ahamiyatga molikdir. Shodmonning she’rlarida tarix qa’rida ko’milib yotgan ko’hna dardlar emas, dard va azobning tarixi aksini topgan”. Bu fikrlar juda asosli shoirning qaysi janrdagi she’ri bo’lmasin, ularda ko’hna va mo’ysafid, ayni paytda Navqiron Buxoro surati bo’y ko’rsatib turadi. Tahlil etayotganimiz she’r ham shoirning faxriyasi, yurtga muhabbatining tajassumi. Mangulik yorlig`i tekkan yurtlar karvoniga muqaddas mayoq bu Buxorodir. Qolaversa, Buxor tuprog`i muqaddas. “Buxoro quvvati islomi din ast” deyiladi. Zero, shoir “Bunda oyat tinglab gullaydi tikan” deb tashxis yaratar ekan xuddi shunga ishora qiladi. “Bunda saksovullar yoqadi chiroq” satri ham shoirning badiiy topilmasi deyish mumkin. Geografik nuqtai nazardan Buxoro cho’l zonasida joylashagn. Tashxis uchun qo’llangan badiiy obraz “saksovul” esa cho’l o’simligi. Mana shu jixatdan bu fikrlarda mantiqiy mutanosiblik mavjud. Niliy gumbazlar o’tmish suronlaridan so’zlaydi. Ular tarixning “tirik” guvohi aslida. “Shu tuproq ulg`aytdi necha Sinoni” der ekan shoir, Buxoro yetishtirgan ulug`lar bilan faxrlanadi. Ushbu she’r qasida janri xususiyatlarini ko’p jihatdan ifoda eta olgan.

  • Unda Buxoro madh etiladi. Taniqli adabiyotshunos I.Haqqulov shoir she’rlarini tahlil etar ekan, shunday yozadi: “shodmonning ilhom qaynog`i, eng avvalo, Buxoro. Uning deyarli barcha she’rida jismu joni ila yurtiga bog`langan buxorolik shoirning nafasini his eta olasiz. Ayniqsa, tarixiy tuyg`ularning yorqinligi va haqqoniyligi alohida ahamiyatga molikdir. Shodmonning she’rlarida tarix qa’rida ko’milib yotgan ko’hna dardlar emas, dard va azobning tarixi aksini topgan”. Bu fikrlar juda asosli shoirning qaysi janrdagi she’ri bo’lmasin, ularda ko’hna va mo’ysafid, ayni paytda Navqiron Buxoro surati bo’y ko’rsatib turadi. Tahlil etayotganimiz she’r ham shoirning faxriyasi, yurtga muhabbatining tajassumi. Mangulik yorlig`i tekkan yurtlar karvoniga muqaddas mayoq bu Buxorodir. Qolaversa, Buxor tuprog`i muqaddas. “Buxoro quvvati islomi din ast” deyiladi. Zero, shoir “Bunda oyat tinglab gullaydi tikan” deb tashxis yaratar ekan xuddi shunga ishora qiladi. “Bunda saksovullar yoqadi chiroq” satri ham shoirning badiiy topilmasi deyish mumkin. Geografik nuqtai nazardan Buxoro cho’l zonasida joylashagn. Tashxis uchun qo’llangan badiiy obraz “saksovul” esa cho’l o’simligi. Mana shu jixatdan bu fikrlarda mantiqiy mutanosiblik mavjud. Niliy gumbazlar o’tmish suronlaridan so’zlaydi. Ular tarixning “tirik” guvohi aslida. “Shu tuproq ulg`aytdi necha Sinoni” der ekan shoir, Buxoro yetishtirgan ulug`lar bilan faxrlanadi. Ushbu she’r qasida janri xususiyatlarini ko’p jihatdan ifoda eta olgan.

  • Download 21.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling