vinilnaftalin vinilantracen
Biroq o’rinbosar hajmining kattalashib borishi polimer zanjirining o’sish tezligini tobora susaytiradi. Vinil birikmalarga aromatic o’rinbosarlarning ikkinchisi biriktirilganda ularning polimerlanish qobiliyati susayibgina qolmay, balki yo’qolib qolishi ham mumkin. Bunga sabab, inisiator parchalanishidan hosil bo’lgan erkin radikallarning fazoviy to’sqinlikka uchrab, polimerlanish reaksiyasini boshlab bera olmaganligidir.
Polimerlanuvchi ba’zi monomerlarning fizik - kimyoviy xossalari
O’rinbosarlardan xlor, ftor, brom, yod, metal radikali kabilarning radiuslari unchalik katta bo’lmaganidan ulardan ikkitasi bir uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa ham 1,1-o’rinbosarli etilen tipidagi monomerlarning polimerlanishiga to’sqinlik qila olmaydi, balki aksincha, kichik hajmli nosimmetrik joylashgan bu o’rinbosarlar polimerlanish qobiliyatini oshirib yuboradi. Bordi-yu, o’rinbosarlardan birining hajmi kichik bo’lib, ikkinchisiniki ancha katta bo’lsa, bunda qo’sh bog’ ekranlanish effektiga uchrab, monomer radikal polimerlanish xususiyatini deyarli yo’qotadi.
Masalan, 1-xlor-, 1-metoksi-, 1-fenilstirollar, 1-etil-1-naftileten yuqoridagi sabablarga ko’ra, radikal mexanizmda polimerlana olmaydi.
CH2 C CI CH2 C OCH3
Do'stlaringiz bilan baham: |