Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Charosxon Raxmatovaning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda o‘smirlik davri inqirozlari alohida e’tirof etiladi


Download 118.77 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi118.77 Kb.
#1465720
1   2   3
Bog'liq
yosh davri inqirozlari

Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda o‘smirlik davri inqirozlari alohida e’tirof etiladi.

Uch yoshli bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‘rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta’kidlashicha bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‘zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o‘sishida kattalarning ta’siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‘sib borishi bolaning mustaqilroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida, kuchi etadigan jarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarning ko‘magisiz amalga oshirishida emas, balki o‘zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan, muayyan amaliy ko‘nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishda ham ko‘rinadi. Psixologlar N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning ta’kidlashlaricha, bu davrdagi ziddiyatda bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto‘g‘ri, mensimay munosabatda bo‘lishidan iboratdir.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o‘rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish unda o‘jarlikni paydo qiladi. SHuningdek bu yoshdagi bolalarning o‘jarligi doimiy bo‘lmaydi, masalan o‘z tengdoshlariga nisbatan o‘jarlik qilish ahyon-ahyondagini ro‘y beradi. Ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o‘jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o‘jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtirib o‘tadi.

A.P.Larinning tadqiqotlarida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo‘lishi ifodalangan. Dastlab bu xususiyat ba’zi-ba’zida ro‘y beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo‘lmaydi, ya’ni uning ob’ekti aloxida shaxs xisoblanadi. Ammo bola xarakterining bu sifati muhitning noto‘g‘ri ta’siri oqbatida biror darajada barqarorlashsa, keynchalik ko‘pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga aylana boshlaydi. O‘jarlik bir guruh odamlarga yo‘nalganligini ham uchratish mumkin.


Download 118.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling