Buxoro davlat pedagogika instituti 14 bt – 22S guruh talabasi Nutfullayeva Nozimaning Umumiy psixologiya fanidan “
Download 138.05 Kb.
|
Nutfullayeva Nozima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Go’dak va muloqot
Buxoro davlat pedagogika instituti 14 BT – 22S guruh talabasi Nutfullayeva Nozimaning Umumiy psixologiya fanidan “Go’dak va muloqot” mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Reja: 1. Go`daklik davrining o`ziga xos xususiyatlari 2. Go`daklikda muloqot ko`lamining kengayishiGo’dak va muloqotBola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta`siriga javob berishi (ta`sirlanishi) 50 foizgi tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to`rt marta ko`pdir.go`daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug`iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o`ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o`sishida muhim rol o`yynaydi. Bir yoshgacha davrda raydo bo`lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozi keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o`z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o`sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tayotganinin ifodalaydi. Go`dakning nutq faoliyati takomillashgani sayin muloqotning mazmuni boyib, ko`lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma`nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go`dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi.Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi. Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go`dakning kattalar bilan uzviy bog`liqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi. Shaxslararo aloqa o`rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo bo`lishiga olib keladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo`zg`atuvchilariga javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko`rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko`rinishlarining vujudga kelishiga puxta zamin yaratadi.Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go`dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so`nggi turlari go`dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko`zga tashlanadi. Uning o`zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg`usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta`sirlanish his-tuyg`usi go`dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo`nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg`usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo`lini uzatishi, boshini qo`zg`atuvchi kelgan tomonga burishi, o`ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol ko`rinadi. Ta`sirlanish his-tuyg`usi “jonlanish majmuasi” bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta`sirida ham vujudga keladi.Go`daklik davrini o`rgangan olimlar ELKONIN FIGURIN VALLON BYULER ARKIN DENISOVA FRADKINA SHunday qilib, bir yoshgacha go`dak egallagan eng qimmatli xususiyat paydo bo`ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug`iladi. Go`dakning o`sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro`y beradi.Tadqiqotchi A.V YARMOLAYENKO yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. ERGASH GO`ZIYEV olgan ma’lumotlarga qaraganda, go`dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshladi. Shu bilan birga harakatsiz qo`rquv diqqatni to`plash 26 sekundan 37 sekungacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekundan 186 sekungacha ortagan.
Download 138.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling