Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi


Download 285.49 Kb.
bet6/41
Sana30.01.2023
Hajmi285.49 Kb.
#1141559
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.

Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish haqi­da gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta'kidlash lozim.Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi.Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi. Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga bosh­qa bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi. Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi.1991-yildan boshlab mamlakatda Prezi­dent Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifati­da nishonlanadigan bo'ldi.Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan.Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar.Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan.


  1. Download 285.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling