Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning


O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi


Download 123.61 Kb.
bet24/41
Sana12.10.2023
Hajmi123.61 Kb.
#1701006
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning-fayllar.org

O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi

Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda. Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi. Biz soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. Xususan, 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2020-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Mazkur muzokaralar chogʻida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz oʻsib, 4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi.



  1. Download 123.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling