Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi siyosati. Ozbekistonning mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni
Download 123.61 Kb.
|
Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning-fayllar.org
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi siyosati. Ozbekistonning mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni
MDH davlatlari o'rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad Deklaratsiyasi qabul qilindi. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikis-ton, Turkmaniston bilan hamkorlik, do'stlik aloqalarini mus-tahkamlashga qaratilgan.Mintaqadagi beshta davlat o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p.Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, diiimizning birligi, tomirlari-mizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990-yil iyunda Almati shahrida boiib o'tdi. Uchrashuv sobiq Ittifoq hali mavjudligi sharoitida, uning ahvoli tobora yomonlashib borayotgan, xalq xo'jaligining barcha sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda bo'lgan edi.Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar. Beshta respublika davlat boshliqlari — I. Karimov, N. Nazarbayev, A. Masaliyev, Q. Mahkamov va S. Niyozovlar O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlariga murojaat-noma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti nomli hujjatlarni imzoladilar.Almati uchrashuvida davlat boshliqlari har yili uchrashuv o'tkazish to'g'risida ahdlashib oldilar. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uch-rashuvi 1991-yil 13—15-avgust kunlarida Toshkent shahrida bo'ldi.Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to'g'risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o'rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yara-tishdan, bozor munosabatlariga o'tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.1991- yil 13- dekabrda Ashgabatda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo'lib, unda Tajan-Seraxs temiryo'l qurilishi bo'yichaiqtisodiy hamkorlik qilish haqida bitim imzolandi. Uni O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston prezidentlari—I. Karimov, N. Nazar-bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Temiryo'l qurilishi haqidagi bu bitim yagona Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyatga egadir.Besh davlat boshliqlari Chernobil halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida birgalikda harakat qilish haqida qaror qabul qildilar.Halokat zonalari aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo'natishga ahdlashdilar. 1993- yil 4- yanvarda I. Karimov tashabbusi bilafi Toshkentda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston prezidentlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston tushuniladigan bo'ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.Tojikistonda 1992-yilda boshlangan birodarkushlik urushi to'g'risida fikr almashindi va Tojikistonga ko'rsatilayotgan yordamni davom ettirishga kelishildi. Download 123.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling