Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi


II hol. Koordinatalar sistemasini burish


Download 406.86 Kb.
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi406.86 Kb.
#1222458
1   2   3
Bog'liq
Narzullayeva Yulduz-Geometriya

II hol. Koordinatalar sistemasini burish. XOY koordinatalar sistemasining boshi O(0,0) o‘zgartirilmasdan, OX va OY o‘qlar bir xil α burchakka buriladi. Bunda hosil bo‘ladigan yangi sistemani X*OY* deb belgilaymiz (34-rasmga qarang).
Bunda eski XOY sistemadagi x va y koordinatalar bilan yangi X*OY* sistemadagi x* va y* koordinatalar orasidagi bog‘lanish quyidagi formulalar bilan ifodalanadi:
. (8)





II tartibli tenglamalarning umumiy holdagi tahlili

Biz tekislikdagi II tartibli tenglama umumiy holda XOY Dekart koordinatalar sistemasida


Ах2+2Вхуу2+2Dх+2Еу+F=0 , A2+B2+C2≠0 , (10)
ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rgan edik. Ko‘rsatish mumkinki, koordinatalar boshini O(0,0) nuqtadan boshqa biror nuqtaga parallel ko‘chirish yoki OX, OY o‘qlarini biror α burchakka burish yoki parallel ko‘chirish va burish orqali yangi (qulaylik uchun uni ham XOY deb belgilaymiz) koordinatalar sistemasiga o‘tsak, (10) quyidagi tenglamalardan biriga keladi.

  1. . Bu holda (10) tenglama ellipsni ifodalaydi;




  1. . Bu holda (10) tenglamani birorta ham nuqta qanoatlantirmaydi, ya’ni u bo‘sh to‘plamni ( mavhum ellipsni) ifodalaydi;


  1. . Bu holda (10) tenglamani faqat O(0,0) nuqta qanoatlantiradi va u ikkita mavhum kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;




  1. . Bu holda (10) tenglama kesishuvchi bir juft y=±(b/a)x to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;


  1. . Bu holda (10) tenglama giperbolani ifodalaydi;

  2. . Bu holda (10) tenglama bir juft vertikal to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;




  1. . Bu holda (10) tenglamani birorta ham nuqta qanoatlantirmaydi, ya’ni u bo‘sh to‘plamni ( bir juft mavhum vertikal to‘g‘ri chiziqlarni) ifodalaydi;


  1. . Bu holda (10) tenglama bir juft ustma-ust tushgan vertikal to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;




  1. . Bu holda (10) tenglama bir juft gorizontal to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;


  1. . Bu holda (10) tenglamani birorta ham nuqta qanoatlantirmaydi, ya’ni u bo‘sh to‘plamni ( bir juft mavhum gorizontal to‘g‘ri chiziqlarni) ifodalaydi;




  1. . Bu holda (10) tenglama bir juft ustma-ust tushgan gorizontal to‘g‘ri chiziqlarni ifodalaydi;


  1. . Bu holda (10) tenglama parabolani ifodalaydi.

Umumiy (10) tenglamadagi bosh A,B va C koeffitsiyentlardan tuzilgan va xarakteristik determinant deb ataladigan ushbu II tartibli determinantni qaraymiz:





Agar (10) tenglamada Δ>0 bo‘lsa, u elliptik turdagi tenglama deyiladi va yuqorida ko‘rib o‘tilgan 1–3 kanonik tenglamalardan biriga keltiriladi.


Agar (10) tenglamada Δ <0 bo‘lsa, u giperbolik turdagi tenglama deyiladi va yuqorida ko‘rib o‘tilgan 4–5 kanonik tenglamalardan biriga keltiriladi.
Agar (10) tenglamada Δ =0 bo‘lsa, u parabolik turdagi tenglama deyiladi va yuqorida ko‘rib o‘tilgan 6–12 kanonik tenglamalardan biriga keltiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tekislikdagi II tartibli (10) umumiy tenglama bilan aniqlanadigan II tartibli egri chiziqlar faqat ellips (xususiy holda aylana), giperbola va paraboladan iborat ekan. Bu chiziqlar qadimgi yunon matematiklariga ma’lum bo‘lib, konik kesimlar deb atalgan. Bunga sabab shuki, aylanma konusni turli tekisliklar bilan kesganda, kesimda aynan mana shu chiziqlar hosil bo‘ladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Algebra va sonlar nazariyasi. Yunusova D.I, Yunusov A.S. “ILM-ZIYO” Toshkent.2009 yil.
2.www.foydali fayllar.org
Download 406.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling