Buxoro davlat pedagogika instituti ministry of higher education, science and innovations of the republic of uzbekis


Download 59.37 Kb.
Sana13.07.2023
Hajmi59.37 Kb.
#1660055


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI



MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


BUKHARA STATE
PEDAGOGICAL INSTITUTE

200130, Buxoro, Piridastgir koʻchasi-2.
Tel.: 0 (365) 226-10-97, faks: 0 (365) 226-66-75
E-mail: buxdupi@buxdupi.uz




200130, Bukhara, Piridastgir str 2.
Tel.: 0 (365) 226-10-97, fax: 0 (365) 226-66-75
E-mail: buxdupi@buxdupi.uz

{06} {07} {2023} yil. {number}-son



Buxoro viloyat adliya
boshqarmasi boshlig‘iga
Buxoro davlat pedagogika instituti, Sizning 2023-yil 19-iyundagi 20-10/3/5/448- son xatingizga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
Institutning magistratura bo‘limi, musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi ikkinchi bosqish talabasi ASADOV QANDIYOR NUSRATOVICH 2021/2022 o‘quv yilida institut direktorining 05.04.2022 yil 64-T buyrug‘iga asosan qo‘shimcha shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2021-yil 3-noyabrdagi 9-son bayoni 1-bandi 2-chi xat boshisida “Magistratura mutaxasislliklari uchun 40 foizi va undan yuqori ballni to‘plagan ammo talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlar oliy ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mavjud quvvatlari, moddiy texnika bazasi hamda professor-o‘qituvchilar tarkibini hisobga olgan holda ularning yozma arizalariga muvofiq shartnoma miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi nazarda tutilgan.
Shunga asosan institut ilmiy kengashning 2021-yil 15-noyabrdagi navbatdan tashqari yig‘ilishda Buxoro davlat pedagogika institutida magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar uchun to‘lov-shartnoma miqdori 12.330.000 so‘m etib belgilangan.
ASADOV QANDIYOR NUSRATOVICHga 2022-yil №2393/002-008473671 sonli taqdim etilgan shartnomada O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat kommissiyasining 2021-yil 3-noyabrdagi 9-son bayoni (01-07/1-1680-son 03.11.2021 y) 15 bandiga asosan 2021/2022 o‘quv yilida istisno tariqasida 2021-yil 15-noyabrga kuniga qadar Vaksina olgan va QR kodli sertfikat taqdim etgan barcha ta‘lim shaklidagi talablarning shartnoma summasiga bir marotabali 10 foiz miqdorda chegirma qo‘llanilib, 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘qitishning stipendiyasiz yillik to‘lov miqdori 11.097.000 (o‘n bir million to‘qsan yetti ming) so‘mni tashkil etgan.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasida shartnomalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron tizimga o‘tganligi sababli shartnoma va qo‘shimcha shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun to‘lov-shartnoma miqdorlarini inson aralashuvisiz ,,kontrakt.edu.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilishi belgilangan o‘rganish davrida Asadov Qandiyorga tizimdagi texnik nosozlik sababli qo‘shimcha 12.330.000 so‘m shartnoma o‘rniga 7.771.270 so‘m shartnoma taqdim etilgan bo‘lib tizimdagi ushbu kamchilik o‘z vaqtida bartaraf etilib 29.05.2023 sanada 12.330.000 so‘mlik №M3222205671/K sonli shartnoma taqdim etilgan bo‘lib UzASBO tizimi orqali har oyida 3-4 marotaba talabalarning qarzdorligi hamda yillik shartnoma to‘lovlarini to‘lanishi to‘g‘risida elektron va rasmiy ma‘lumotlar talabalarga berib borilgan.
Hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.


Direktor M.I.Daminov



Download 59.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling