Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan savollar
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Tayanch tushunchalar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan savollar:
1.Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni. 2.Ta’lim va aqliy taraqqiyot. 3.O‘qish faoliyati va uning turlari. Muammoli ta’limning mohiyati. Pedagogik baho va uning turlari. 4.Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari. Nazorat savollari: 1. O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat? 2. Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq? 3. O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering. 4. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi? 5. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari nimalardan iborat? 6. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari. 7. Ta’limni individuallashtirish deganda nimani tushunasiz? 244 TARBIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati. Tarbiya metodlari va turlari. Tarbiyasi qiyin va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash metodlari. Milliy ong va milliy g‘ururni tarbiyalashning psixologik asoslari. Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiyasi qiyin o‘quvchilar, milliy ong, milliy g‘urur, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subhektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obhektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez surhatda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida 245 insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida ehtibor beriladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga Ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik harakteriga ega bo‘lishi mumkin. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, yahni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi. Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi. 246 Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi: 1) aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon; 2) ko‘p qirrali jarayon; 3) uzoq muddatli jarayon; 4) yaxlit tizimlilik jarayon; 5) ikki tomonlama aloqa jarayoni; 6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling