Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.P.Pavlovning
Xayol haqida tushuncha.
Bizning ongimizda o‘zimiz ilgari idrok qilgan obyektlar to‘g‘risidagina emas, shu bilan birga, biz idrok qilmagan obyektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) to‘g‘risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, Janubiy qutbda bo‘lmagan, Mirniy posyolkasidagi tadqiqotchilarning hayotini va ishini ko‘rmagan bo‘lsak ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o‘tmishidagi voqealar to‘g‘risidagi tasavvurga egamiz, o‘n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib beradi, xotira tasavvurlaridan farq qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning subyektiv mazmunigina bo‘lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida og‘zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, bo‘yoqlarda, tovushlarda, she’r va proza tariqasidagi adabiy asarlarda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi. Shunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi. Odamning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog‘lanishlarning miyada gavdalanishini va bu bog‘lan ishlar bir-biri bilan tutashib, yangicha paydo bo‘lishini xayolning nerv-fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. Ongning boshqa funksiyalari kabi xayol ham , tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida rivojlanib kelgan. Odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat berayotgan mahsuldan ham ko‘ra ko‘proq mahsul olish niyatida tevarak-atrof olamni o‘zgartirganlar va uni o‘zlariga bo‘ysundirganlar. O‘zgartirmoq va yaratmoq uchun esa istalgan narsani oldindan tasavvur qilish, shunday o‘zgartirishga qanday yo‘llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo‘lgan. Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni 107 bo‘lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik I.P.Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta’limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o‘tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po‘stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo‘shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo‘shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po‘stida inson o‘z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo‘ladi. Bu obrazlarning ko‘pi voqelikka mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va natijada tormozlanib holadilar. Boshqa birlari esa voqelikka to‘g‘ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv-fiziologik mexanizmlarni to‘la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma’lumotlar yo‘q. Hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo‘ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqyoti natijasida qo‘lga kiritilmoqda. Odamning uyg‘oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma’lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo‘ladi. Shuning uchun odam o‘zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo‘ysundira oladi. Odam o‘zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo‘lishini idora qila oladi. Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko‘rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan nerv hujayralari hammadan oldin 108 Passiv xayol Xayol turlari Ixtiyorsiz Ixtiyoriy Shirin xayol Qayta tiklovchi Tush ko'rish Ijodiy Gallyutsinatsiya Orzu tormozlanadi. Uyqu bilan bog‘liq bo‘lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan holadi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko‘rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assosiasiyalardan iborat bo‘ladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling