Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turi


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida 
odamlar o‘z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat 
nuqtai nazaridan yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib 
chiqqan. 
Amaliy 
va 
nazariy 
faoliyat 
chambarchas 
bir-biri 
bog‘langandir. 
Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda 


117 
quyidagicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan 
ko‘rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish 
qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. «Psixologik 
lug‘atda» ko‘rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita 
idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan 
amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi. 
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning 
o‘zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga 
nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat 
butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har 
bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastavval sof nazariy 
faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. 
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, 
ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi 
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik 
taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug‘ilishdan 
tortib, to uning bog‘cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda 
ko‘rgazmali-harakat tafakkuri o‘sishining asosiy pallasi deb atash 
mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida 
aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o‘zlashtiradi, 
natijada ko‘rgazmali-harakat tafakkuri o‘sa boradi. Ushbu yoshdagi 
kichkintoylar o‘zlari o‘ynayotgan o‘yinchoqlarni qo‘llari bilan 
bevosita ushlab ko‘rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan 
birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va 
o‘yinchoqlarni o‘zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va 
sintez qiladilar, bo‘laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib 
birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni 
chog‘da ularni obyektni sindirib yoki buzib bo‘lsa ham, ularning ichki 
tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo‘ladi. Shu boisdan 
amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko‘pincha buzib, 
tuzatish yo‘li bilan harakat qiladilar. Ko‘rgazmali-harakat tafakkuri 
bog‘cha yoshiga yetgandan so‘ng bolalarda o‘z qiymatini yo‘qota 
boshlaydi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling