Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari
- A.V.Petrovskiy
Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari. Tafakkur faoliyati
muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po‘stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog‘lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po‘stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi sababli mazkur bog‘lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog‘lanishlari birinchi signal tizimidagi bog‘lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida hozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan oliy tafakkur voqe bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan oriyentirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, «avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy qurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir». Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari. Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi. 116 Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi. Professor E.G‘.G‘oziyevning «Umumiy psixologiya» darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: I. Shakliga ko‘ra: 1. Ko‘rgazmali-harakat 2. Ko‘rgazmali-obrazli 3. Mantiqiy II. Topshiriq xarakteriga ko‘ra: 1. Nazariy 2. Amaliy 3. Ixtiyorsiz 4. Ixtiyoriy III. Fikr yoyiqligiga ko‘ra: 1. Konkret 2. Abstrakt 3. Realistik 4. Autistik 5. Intuitiv 6. Diskursiv IV. Fikrning originallik darajasiga ko‘ra: 1. Reproduktiv 2. Produktiv 3. İjodiy 4. Vizual 5. Fazoviy A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, «Umumiy psixologiya» darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling