Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Tarbiya jarayonining tехnоlоgiyasi


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Tarbiya jarayonining tехnоlоgiyasi. Tarbiya jarayonining 
tехnоlоgiyasini quyidagicha sharhlash mumkin: 
1. Tarbiyalanuvchini alоhida takrоrlanmas, individuallik sifatida 
tushunmоq lоzim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kеrak. 
2. Ijоbiy emоtsiyalar vоsitasida ijоbiy xulq-atvоr оdatlarini 
shakllantirmоq kеrak. Оng ham, irоda ham mоtivlar iеrarхiyasini 
shakllantira оlmaydi. Zоtan, bir ehtiyojning o‘rnini faqat bоshqa 
ehtiyojgina egallashi mumkin. 
3. Shu ehtiyojlarni qоndirish vоsitalari bilan bоlani qurоllantirish 
tarbiya va tarbiyachidan mulоqоtni ham, hamdardlikni ham emas, 
aynan shu vоsitalar bilan qurоllantarishni kutadi. Arastu aytganidеk: 
«Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sеzadi: istе’dоdga, ilmga, mashqqa». 
Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari. Bolada shaxs 
xislatlari uch yoshda namoyon bola boshlaydi. Bu esa uni uch 


248 
yoshdan boshlab tarbiyalash zarurligini 
bildirmaydi. Bolani 
hayotining birinchi oylaridan boshlab tarbiyalash zarur, faqat uning 
tashqi ko‘rinishlari maktabgacha yosh davrining boshida namoyon 
boladi. Ilk bolalik davrida berilgan tarbiya butun bolalik davrida 
namoyon boladi. Tarbiya ona bilan bolaning muloqotidan boshlanadi, 
bu esa bolaning keyingi shaxsiy rivojlanishini belgilab beradi.
Zamonaviy psixologiyadagi so‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, 
onadan bolaga yoki chaqaloqlik davrida onaning o‘rnini bosuvchi 
shaxsdan insoniy emotsional o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq 
ko‘pchilik sifatlar o‘tadi. Bola ikki yoshga to‘lganda muhim shaxs 
xislati hisoblangan va keyingi hayoti davomida butun umr saqlanib 
qoladigan — insonlarga bog‘lanib qolish xislati shakllanadi. Bolada 
kimgadir simpatiya paydo bo‘ladi, ana shu yoqtirgan insonning oldida 
ko‘proq bo‘lishga harakat qiladi, unga ko‘proq yordam so‘rab 
murojaat qiladi. Bola bog‘lanib qolgan shaxs boshqalarga nisbatan 
ko‘proq unga kuchli tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ilk bolalik 
davrida bolada axloqiy ongni emas, balki axloqiy hislarni tarbiyalash 
haqida so‘z yuritish mumkin.
Bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalari bilan bir qancha xorij 
olimlari 
shug‘ullanishgan. 
Ulardan 
J.Piaje, 
L.Kolberglarning 
ta’kidlashicha, bolalar maktabga o‘qishga borguncha axloqiy ong 
darajalari konvensial axloqqacha bo‘lgan davrda bo‘ladi. Ushbu axloq 
turi shu bilan tavsiflanadiki, kattalar bola uchun axloqiy fikrlar 
manbayi va axloqiy darajada taqlid qilish namunasi hisoblanadi. Lekin 
Piaje va Kolberg ishlarida ham qachon va qanday qilib bolani axloqiy 
tarbiyalash 
jarayonini 
boshlash 
kerakligi 
haqida 
tavsiyalar 
keltirilmagan.
Ilk bolalik davrida axloqiy tarbiya bilan bir qatorda intizomni, 
jismoniy va gigiyenik tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Tartib 
intizomni tarbiyalash bolada o‘z xohish, istaklarini boshqarish, 
vaziyatli motivatsion ehtiyojlarni jiddiy muhim maqsadlarga 
erishishga bo‘ysundirishni nazarda tutadi. Ilk bolalik davrida jismoniy 
tarbiya nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, bolalarning kuchi va 
chidamliligini shakllantirish, balki intellektual rivojlanishi uchun ham 
zarurdir. Shuningdek, ilk bolalik davri elementar gigiyenik 
malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.


249 
Elementar gigiyenik malakalarni shakllantirish bolani intizomga 
o‘rgatadi, bu esa unda boshqa ijobiy shaxs xislatlari, jumladan 
saranjom-sarishtalik, batartiblikka o‘rgatadi. Maktabgacha va kichik 
maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda ularning uy mehnatida 
ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. 4—5 yoshligidan boshlab 
bolaning uyda doimiy bajaradigan majburiyatlari bo‘lishi maqsadga 
muvofiq. Uy mehnatida ishtirok etish tufayli bolada saranjom-
sarishtalik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik va boshqa foydali xislatlar 
shakllanadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishi va tarbiyalashda 
asosiy mehnat turlari - bu uy ishlariga yordamlashish, ota-onalar bilan 
birgalikda iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish, ovqat 
pishirishda yordamlashish, o‘simliklar va gullarni parvarishlash va 
hayvonlarga qarash va b.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlari o‘ynaydigan, dam oladigan 
joylarini yiglshtirishda, bezashda ishtirok etishlari muhim, kichik 
maktab yoshidagi bolalar dars tayyorlagan joyini yig‘ishtirishi lozim. 
Har bir bolaning uyda kichik, ish burchagi bolishi lozim. Uy ishlariga 
yordamlashish bolada batartiblik va tozalikni rivojlantiradi. Uy 
mehnati orqali tarbiyalashning boshqa jihati - iqtisodiy jihat bolib, 
bunda bola oila budjetini tejab-tergab foydalanish haqida tasavvurlari 
va malakalari shakllanadi.
Uy mehnatining turlaridan biri o‘z-o‘ziga xizmat qilishdir. Bunda 
bolada mustaqillik, o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyati shakllanadi. 
Bolalarning qishloq xo‘jalik ishlarida, o‘simliklar va hayvonlarni 
parvarishlashda ishtirok etishi — ekologik va axloqiy tarbiyaning 
kuchli qurolidir. Maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat 
bolgani bois, u katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. O‘yinning 
tarbiyaviy funksiyalaridan biri shundan iboratki, u bolaning turli 
ehtiyojlarini qondirish va uning motivatsion sohasini rivojlantirish 
vositasi hisoblanadi.
O‘qish faoliyatida bola nafaqat o‘rganadi, bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni egallaydi, balki tarbiyalanadi ham, ya’ni ma’lum shaxs 
xislatlari layoqatlar, qobiliyatlar, qiziqishlar, ehtiyojlar, xarakter 
xislatlari ham shakllanadi. Kichik maktab yoshining oxiriga kelib 
bolada muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlikdan qochish 
ehtiyoji shakllanadi. Boladagi muvaffaqiyatga erishish intilishini 


250 
to‘g‘ri tarbiyalash ko‘proq kattalar va bolalarning muloqot uslubiga 
bog‘liq.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish davrida muvaffaqiyatsizlikdan 
qochadigan va aksincha muvaffaqiyatga intilishga harakat qiladigan 
o‘quvchilarning onalari farzandlariga turlicha munosabatda bolishi 
aniqlandi:
1. Farzandlarining yutuqlarini baholashda individual normalarga 
yoki erishilgan natijalarga emas, o‘rtacha ijtimoiy normalarga mosligi 
e’tiborga olingan. Ular uchun farzandlarining yutuqlari shu yoshdagi 
boshqa bolalarning yutuqlariga mosligi muhim.
2. Bunday onalar farzandlarining xohishlarini kamroq e’tiborga 
olishadi, uy vazifalarini bajarish jarayonini qattiq nazorat qilishadi, 
bolani mustaqil ishlashga yoki mustaqil qaror qabul qilishga 
undashmaydi. Bolaga yordam ham maslahatlar tarzida emas, balki 
uning faoliyatiga bevosita aralashish, bolaga o‘z fikrini o‘tkazish 
tarzida amalga oshiriladi.
3. Bunday onalar ko‘pincha farzandlarida qobiliyatlar yo‘qligidan 
noliydi. Nafaqat qobiliyat, balki intilishning yetishmasligida ham 
farzandlarini ayblaydilar, farzandlarining muvaffaqiyatlarini oson 
topshiriqlarni bajarish sifatida baholaydilar.
4. Bunday onalar farzandlarining muvaffaqiyatlari uchun kamdan 
kam maqtaydi. Farzandlarining muvaffaqiyatsizligi uchun ko‘proq 
koyib, qoniqmaslik hissini namoyon etishadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling