Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan savollar


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan savollar: 
1.Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni.
2.Ta’lim va aqliy taraqqiyot.
3.O‘qish faoliyati va uning turlari. Muammoli ta’limning 
mohiyati. Pedagogik baho va uning turlari.
4.Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari. 
Nazorat savollari: 
1. O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat? 
2. Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq? 
3. O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering. 
4. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi? 
5. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari nimalardan 
iborat? 
6. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari. 
7. Ta’limni individuallashtirish deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 
 
 
 


244 
TARBIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI 
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati.
Tarbiya metodlari va turlari.
Tarbiyasi qiyin va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash 
metodlari.
Milliy ong va milliy g‘ururni tarbiyalashning psixologik asoslari. 
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiyasi 
qiyin o‘quvchilar, milliy ong, milliy g‘urur, o‘zlashtirmovchi 
o‘quvchilar. 
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati. Tarbiya jarayoni
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq 
maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni 
o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida 
tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali
hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi
va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat 
qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya
mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv
va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subhektiv omillar
shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini 
anglatish, obhektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, 
shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit
yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni,
yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik
mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik
muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va 
boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh 
va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham 
muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat
davom etishidir. Tarbiya natijalari tez surhatda yaqqol ko‘zga
tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan
shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab
etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida 


245 
insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. 
Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga 
to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi.
Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning
uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va
o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad
sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi,
takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb
etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik
hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz
o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning
ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari 
hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida ehtibor beriladi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda 
tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya 
jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining
birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat 
qiladi. Bizga Ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki 
yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, 
tizimlilik harakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator 
muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar 
o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi. 
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, yahni, o‘qituvchining
o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda 
o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda 
tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga 
muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib
qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning
uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan
bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi
zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash 
qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.


246 
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim
xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib 
chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z
tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida
yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish
imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin 
yaratadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon 
etidi:
1) aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
2) ko‘p qirrali jarayon;
3) uzoq muddatli jarayon;
4) yaxlit tizimlilik jarayon;
5) ikki tomonlama aloqa jarayoni;
6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling