Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

predmetligi obyektivlash deb atalgan vaqtda, ya’ni tashqi olamdan 
olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishda ifodalanadi. 
Idrokning predmetliligi tug‘ma sifat hisoblanmaydi. Subyektga 
olamning predmetligini ochib berishni ta’minlaydigan ma’lum 


81 
harakatlar sistemasi mavjuddir. Pedmetlilik idrokning sifati tarzida 
ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Tashqi olamdan 
olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘rish 
idrok obrazining real predmetlarga adekvat (mos) ekanligini nazorat 
qilishni ta’minlaydi. 
Idrokning yana boshqa xususiyati uning yaxlitligidir. Idrok sezgi 
a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks 
ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-
o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz har xil modeldagi sezgilar orqali 
olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni 
umumlashtirish asosida vujudga keladi. 
Idrokning yaxlitligi uning ma’lum tartibda tuzilganligi bilan 
bog‘liqdir. Idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligining 
manbai, bir tomondan, odamning narsalar bilan amalga oshiradigan 
faoliyatidir. I.M.Sechenov idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda 
tuzilganligi analizatorlar reflektor faoliyatining natijasidir deb 
ta’kidlagan edi. 
Idrokning yana bir xususiyati konstantligidir. Idrokning 
konstantligi deganda biz idrok qilish natijasida ongimizda hosil 
bo‘lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning 
tabiiy holatiga har jihatdan mos, ya’ni teng bo‘lishini ta’minlaydi. 
Idrokning yana bir xususiyati kuzatuvchanlik bo‘lib, biz idrokning 
ixtiyoriy turi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus kuzata bilish qobiliyatini 
tushunamiz. Kuzatuvchanlik qobiliyati deb, oldindan belgilangan aniq 
maqsad asosida sistemali tarzda kuzatishga aytiladi. 
Illyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib 
turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, 
gallyutsinatsiya yo‘q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz» 
idrok qilinishidir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek 
ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning 
dimoqqa urilishi va hokazolar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo‘lib 
hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsning biror narsa va holatni 
ko‘rgandek, 
eshitgandek, 
ushlagandek, 
hid 
bilgandek 
kabi 
tasavvurlarning aks etishidir, xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi 
ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, 
u nerv sistemasini buzadigan kasalliklar oqibatida ro‘y berishi 
mumkin. 


82 
Gallyutsinatsiya - yo‘q narsalarni tashqi ta’sirotsiz idrok qilishdir. 
Yo‘q narsaning ko‘zga bor bo‘lib ko‘rinishi, yo‘q ovozning quloqqa 
eshitilishi gallyutsinatsiyadir.
Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, 
har bir predmet, voqea va hodisa moddiy borliq formasi bo‘lgan 
makon va zamon bilan bog‘liq holda qabul qilinadi. Chunonchi, 
moddiy borliqda mavjud bo‘lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan 
narsa va hodisalar hamda vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda, uning 
fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, 
kichik, mayda), munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok 
qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, har bir predmet idrok 
qilinganda uning paydo bo‘lish va o‘zgarib borish jarayonlariga 
e’tibor beriladi.
Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda 
namoyon bo‘lib) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, 
ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. 
Bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar ta’sirida 
vujudga keladi, jumladan:
1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istarasining issiqligi;
2) subyektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlik 
darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik;
3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudligi;
4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar. 
Psixologiya 
fanida 
juda 
kam 
tadqiq 
qilingan 
idrok 
fenomenlaridan bittasi — bu yaqqol ko‘rinish deb atalib, voqelik, 
holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol 
g‘oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. 
Faqat ayrim hollardagi yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga 
asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, xolos. Aksariyat 
vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subyektining shaxsiy xayoloti, 
o‘zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy 
kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli 
darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim 
allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonning 
yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi. 


83 
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini turli 
jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokiing 
muhim xususiyatlaridan biri — bu faol ravishda bevosita aks ettirish 
imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati 
uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plangan tajribalari, shuningdek
murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. 
Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq 
ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish 
yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotgan ishning o‘zaro mosligini 
aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi 
tarkibiy qismlardan iboratdir. 
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda 
narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga 
kirib borayotgan ko‘pqirrali ko‘pyoqlama alomatlardan idrok qilish 
bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq 
jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur 
narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», 
«bino», «hayvonot» va hokazo. 
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va 
boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko‘mir yorug‘likda yog‘du 
sochadi, oq qog‘ozdan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni 
«qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita subyektiv 
taassurotlarga nisbatan o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok 
jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo‘ya olishga, unga 
berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko‘rsatmaga) uzviy bog‘liq 
holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun 
insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv 
imkoniyati mavjud bo‘lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal 
orqali amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi 
xususiyatlarning 
barchasi 
insonning 
yosh 
xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga 
bog‘liqdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-
sharoitlar muhayyo bo‘lmog‘i lozim: 1) subyektning aks ettirilishi 
zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining 
ko‘lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism voqelik
muammo o‘rganilishi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad qo‘ya olish; 3) 


84 
perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) 
idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol hatti-harakatlarning 
saqlanishi, ularning o‘zaro uyg‘unligi. 
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki 
jism idrokning obyekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o‘rab 
turgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, 
obyektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati obyektning 
fondan tez to‘liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi. 
Idrok qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi 
sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning 
hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shuning uchun idrok 
ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iboratdir, degan xulosa 
chiqarib bo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy 
bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir. 
Idrok jarayonlarining faolliligimizga, obyektga munosabatimizga 
bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning 
kayfiyatimizga ham bog‘liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shaxs 
idrok qilish jarayonlariga xos bo‘lgan bir nechta qonuniyatlarini 
belgilaymiz. 
A) figura va fonning ilgarigi harakatga bog‘liqligi qonuni.
Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo‘lgan, 
bevosita to‘qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo‘ladi. 
Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo‘lsa, 
demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon 
bo‘lgan bo‘lsa, tabiiy, fon kabi qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi 
o‘rni chet davlatlarga borgan turistlar tajribasiga tayanib 
tushuntirilishi mumkin. O‘zbekistonliklar yer kurrasining qaysi 
burchagida bo‘lmasin o‘zbek do‘ppisi yoki atlas ko‘ylakni juda tez 
ilg‘ab oladilar va suyunib ketadilar ham. Yonidagi sheriklari o‘zbek 
bo‘lsa ham, aynan do‘ppili o‘zbekni ko‘rib, ko‘zlari yashnab ketadi. 
Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy ko‘ylagida 
turgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘zbek turist uchun bu kiyim fon edi, 
fonligicha qoladi ham.
B) Idrokning konstantligida, ularni o‘zimiz «to‘g‘rilab» alohida 
predmetlar sifatida idrok qilaveramiz. 
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida 
narsalarning xossa va xususiyatlarini o‘zgartirmay, turgun holda yaxlit 


85 
tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to‘g‘ri 
moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. 
Konstantlik – «konstanta» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgarmas, doimiy 
degan ma’noni bildiradi.
V) Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko‘pincha 
bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog‘liq 
bo‘lib qoladi. Biz ozimiz kutganda ham ko‘p paytlarda o‘zimiz 
ko‘rgimiz kelgan narsalarni ko‘ramiz, eshitgimiz kelgan narsani 
eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo‘lgan V harfi uzoqdan 
albatta 13 soni kabi idrok qilinadi, yoki aksincha, harflar orasidagi 13 
«v» ga o‘xshaydi. Kechasi yolg‘iz qolib kimnidir kutayotgan 
bo‘lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga 
o‘xshayveradi. Sog‘ingan do‘stingizga biror jihati bilan o‘xshash 
bo‘lgan odamni ko‘rsangiz-chi. Shunday qilib, inson idroki shaxsiy 
ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo‘shliqni 
to‘ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan 
bo‘lsangiz, negadir, albatta, bosh harfi to‘g‘ri kelgan ismni aytsa ham 
tezgina o‘sha tomonga o‘girilib qaraymiz. Aynan shunday hodisalar 
ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi.
G) O‘zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu 
qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot 
ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, o‘tirganningizda soatning 
chiqillashini eshitganmisiz, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt 
o‘tgandan so‘ng go‘yoki u yo‘q bo‘lib qolganday – eshitilmaydi. Yoki 
eksperiment sharoitida yolg‘iz bitta nuqtadagi yorug‘lik manbai 
ko‘ziga ta’sir etilib, ko‘z ham shu nuqta bilan bir vaqtda harakatga 
keltirib turilganda, 1-3 sekunddan so‘ng odam yorug‘lik manbaini 
ko‘rmay qo‘ygandek. Shunga o‘xshash eksperimentlar barcha idrok 
turlarida ham sinalgan. Past ohangli kuy ham ma’lum vaqtdan keyin 
eshitmagandek hisni keltirib chiqarishini sinab ko‘rishingiz mumkin.
D) Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun 
figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma’nosi katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki 
his qilayotgan narsamiz ma’nosiz, tushunarsiz, noaniq bo‘lsa, biz juda 
tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam 
shu tilda so‘zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan 
juda qiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun 


86 
kerak. Odam, odatda, tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Hattoki, 
ma’ruzachining butun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning 
tushunchalariningiz va bilim doirangizdan uzoq bo‘lsa, professorga 
qarab o‘tirgan bo‘lsangiz ham uning gaplari qulog‘ingizga kirmaydi.
Y) Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok 
jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko‘pincha adashamiz, 
ba’zan esa o‘zimiz uni yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. 
Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat 
bo‘lib, bizning sezgi a’zolarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning 
ko‘lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan olib 
qaralganda, idrok tashqi muhit to‘g‘risidagi taxminlarimizni isbot 
qilishga qaratilgan faol jarayondir. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling