Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari.
Turli sezgilarning ana shunday xususiyatlariga sifatlari jadalligi 
davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. Sifat mazkur sezgining 
asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi. Va ayni 
shu sezgi turi chegarasida o‘zgartiradi. Chunonchi, eshitish sezgilari 
tovushning balandligi tembri kattaligi bilan farqlanadi. Ko‘rish 
sezgilari ranglarning quyuqligi toni va boshqa shuning kabilar bilan
farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati 
formalarining ko‘p turligining aks ettirilishidir. Sezgilarning jadalligi 
ularning miqdoriy xarakteristikasidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan 
qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan 
belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik 
xarakteristikalaridan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi 
organlarining 
funksional 
holati 
bilan, 
ammo, 
asosan, 


73 
qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi darajasi bilan 
belgilanadi. 
Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lakolizatsiyasi, ya’ni 
qo‘zg‘atuvchining fazoda o‘rin egallashi xarakterlidir. Distant, ya’ni 
masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz 
bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. 
Kontakt sezgilar taktil og‘riq, maza sezgilari badanning qo‘zg‘atuvchi 
ta’sir qilayotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda og‘riq sezgilarining 
lokalizatsiyasi, ya’ni badanga joylashgan o‘rni taktil sezgilariga
qaraganda badanga anchagina tarqalgan va unchalik aniq bo‘lmaydi. 
Qo‘zg‘ovchi ma’lum darajada kuchga ega bo‘lgandagina sezgi 
paydo bo‘ladi. Agar qo‘zg‘ovchi juda kuchsiz bo‘lsa, u sezilmaydi. 
Masalan, biz terimizga yopishgan ayrim chang, mayda zarrachalarni 
sezmaymiz. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘ovchining 
minimal miqdori sezgining absolyut chegarasi deb ataladi. Insonning 
qo‘zg‘ovchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz ta’sirini sezish 
qobiliyati absolyut sezgirlik deyiladi. Sezgining absolyut chegarasi 
bilan absolyut sezgirlik bir-biriga teskari proporsional nisbatda 
bo‘ladi. Absolyut sezgirlikdan tashqari farq sezgirligi, ya’ni
qo‘zg‘ovchilar orasidagi bilinar bilinmas farqlarni sezish qobiliyati 
ham mavjud. Qo‘shimcha qo‘zg‘atgichning dastlabki qo‘zg‘atgichga 
munosabati farq chegarasi deb ataladi. Farq sezgirligi absolyut 
sezgirlik kabi farq chegarasiga nisbatan teskari proporsional miqdori 
bilan xarakterlanadi. Sezgi chegaralari va sezgirlik, avvalo, 
qo‘zg‘alish va tormozlanish fiziologik jarayonlari bilan belgilanadi. 
Absolyut sezgirlik inson nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligiga 
bog‘liq. Nerv sistemasi qanchalik qo‘zg‘aluvchan bo‘lsa, sezgirlik 
shunchalik yuqori bo‘ladi. Va aksincha, farq sezgirligi qo‘zg‘alish va 
tormozlanish jarayonlarining munosabati ko‘rinishlaridan biridir. 
Sezgirlikning o‘zgarishi ko‘p jihatdan inson faoliyatining xarakteriga 
hayot va faoliyat tegishli analizatorga nisbatan qanday talablar 
qo‘yishiga, ya’ni mashqlanishiga bog‘liq. Qo‘zg‘ovchining davomiy 
ta’siri bilan sezgirlikning o‘zgarganligini ko‘ramiz. Bu hodisa 
adaptatsiya, ya’ni analizatorning ta’sir etib turuvchi qo‘zg‘ovchiga
moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi ham 
kamayishi ham mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli 


74 
sodir bo‘ladi. Ko‘rish, maza sezish va hid bilish adaptatsiyalari, 
ayniqsa, kuchli hisoblanadi. 
Adaptatsiya yoki moslashuv deganda, qo‘zg‘atuvchining ta’siri 
ostida sezgi a’zolari sezgirligining o‘zgarishi tushuniladi. Uch turli 
adaptatsiya hodisasini bir-biridan farq qilish mumkin. 
1.Qo‘zg‘atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning to‘la 
yo‘qolishi tarzidagi adaptatsiya. 
2. Yuqorida ta’sirlangan hodisalarga yaqin bo‘lgan boshqa 
hodisalarni 
ham 
adaptatsiya 
deb 
yuritiladi. 
Bunda 
kuchli 
qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi. Masalan, qo‘lni 
muzday suvga tutib to‘rgan paytda sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan 
yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko‘rish sezgilarining
intensiv yorug‘lik qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda, pasayishidan 
iborat bo‘lgan bu hodisani yorug‘lik adaptatsiyasi deb yuritiladi. 
3. Nihoyat sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida
sodir bo‘ladigan ortishini ham adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi 
turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb 
tariflash 
mumkin. 
Ko‘rish 
analizatorida 
pozitiv 
adaptatsiya 
qorong‘ulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U qorong‘u joyda bo‘lish 
ta’siri ostida ko‘rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi. 
Sezgi organlarining qo‘zg‘atilishi ta’siri ostida analizator 
sezgirligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. 
Sensibilizatsiya – analizatorning o‘zaro munosabati va mashq qilish 
natijasida sezgirlikning kuchayishidir. Sezgilar o‘zaro munosabatining 
fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan 
bosh 
miya 
po‘stidagi 
qo‘zg‘alishning 
irradiatsiya 
hamda 
konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o‘zaro 
munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi hodisada
namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan 
boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya 
deyiladi. 
Sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi 
bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham 
tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, 
davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. 
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi 
turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. 


75 
Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi 
bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, 
tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqdanadi. Sezgilarning 
sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turli - 
tumanligining aks ettirishidir. 
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, 
ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional 
holati bilan belgilanadi. 
Sezgi a’zolarining organizmdagi o‘rni va qo‘zg‘alishiga muvofiq 
sezgi turlari quyidagi uch guruhga ajratiladi: 
1. Eksteroretseptorlar – bu guruhga ko‘rish, eshitish, hid bilish
maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va 
hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.
2. Proprioretseptorlar – bu guruhga muskul-harakat, pay va 
boylamlarda bo‘ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu 
guruhga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham 
yuritiladi.
3. Interoretseptorlar – bu guruhga gavda ichidagi a’zolar – 
me’da, ichak, jigar, o‘pka, qon aylanish a’zolari, umuman organik 
sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki a’zolarning holatini aks ettiradi.
Sezgilar turli tuman bo‘ladi. Sezgilar odatda qaysi sezgi a’zosi 
orqali hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi. Ko‘rish 
sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, maza (ta’m) sezgilari, 
teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari va organik 
sezgilar. 
Retseptorlarning joylashish o‘rniga qarab barcha analizatorlarni 
uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga retseptorlar 
organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga qulay analizatorlar 
kiradi (Ilmiy adabiyotda ularni eksteroretseptorlar deb qabul etilgan). 
Ko‘rish, eshitish, teri, hid va maza sezgilari analizatorlarning 
ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhga retseptorlari ichki organlarga 
joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo‘zg‘atishlar ta’siri uchun 
qulay bo‘lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli 
holatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi guruhga harakat 
analizatorlar va muvozanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling