Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

His-tuyg‘ularning barqarorligi. Emotsional kechinmalar qanchalik 
uzoq davom etishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo 
bo‘lgan kechinmalar uzoq vaqt davom etilsa, bunday his-tuyg‘ular 
barqaror kechinmalar deb ataladi. His-tuyg‘ular paydo bo‘lishi bilan 
darrov so‘nib qolsa, yoki boshqa biror emotsional kechinmaga tez o‘tib 
ketsa. bunday his-tuyg‘ular beqaror his-tuyg‘ular deb ataladi. 
His-tuyg‘ularning kuchi va barqarorligini ularning chuqurligidan 
farq qilmoq kerak. His-tuyg‘ularning chuqurligi, odatda, tasavvurlar va 
fikrlarning, shuningdek, mana shu konkret emotsional kechinma sababli 
paydo bo‘lgan va shu kechinmalarga muayyan bir ma’no berayotgan 
intilishlarning xilma-xilligi va boyligi bilan belgilanadi. Odamning 
e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqishlari va mayllari bilan aloqador 
tasavvurlarga, fikrlarga va intilishlarga boy bo‘lgan his-tuyg‘ular chuqur 
his-tuyg‘ulardir.
Chuqur his-tuyg‘ular o‘tib ketganidan keyin ham, odatda, ularning 
izi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko‘pincha tasodifiy idrok qilishlar va 
tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lgan beqaror his-tuyg‘ular, ya’ni «havas» 
deb ataladigan his-tuyg‘ular chuqur bo‘lmaydi. Bunday vaqtincha 
havaslar, odatda, odamning xotirasida biror sezilarli iz qoldirmaydi. 
His-tuyg‘ularni qo‘zg‘atuvchi emotsiyalarning xususiyati — paydo 
bo‘lish tezligi kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga, ya’ni nerv 
sistemasining holatiga, muayyan paytda paydo bo‘lib qolgan 
ehtiyojlarning kuchiga, shu hislarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan 
hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini odam qay darajada 


150 
anglaganligiga, shu his-tuyg‘ular paydo bo‘layotgan va o‘tayotgan 
vaziyatga, shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. 
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo‘lishiga 
qarab, emotsional holatlarning turlari farq qilinadi. Emotsional 
holatlarning asosiy turlari — hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, 
kayfiyat va boshqalar. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling