Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 1.96 Mb.
bet21/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

3. Mehnat faoliyati. Insoniyat o‘zining mehnati tufayli ongli mavjudodga aylangan, jamiyatda mo‘l-ko‘lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o‘zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni egallashga musharraf bo‘lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish – harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb – kor ko‘nikmalarini avlodlarga o‘rgatish mehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni shakllantirish, takomillashtirish, mahsulot yaratish va undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro‘yobga chiqariladi. Mehnat faoliyatida amaliy ko‘nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g‘oya, mulohaza vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo‘lganligi sababli shaxs tarkib topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada, lekin uning mohiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun mehnat qiladi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o‘z shaxsiy ulishini qo‘shadi.Mehnat faoliyati yashash, ehtiyojni qondirish, kelajak uchun mo‘l-ko‘lchilikni vujudga keltirish uchun, yaratilgan mahsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, meros sifatida qoldirish funksiyalarini bajaradi. Shuning uchun mehnat faoliyati 10 minglab kasbkor professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.
Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari.
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yyetakchi o‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz.
Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T. Shibutani “Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling