60110900-Biologiya (sirtqi)
Fan/modul kodi
UmPsix108
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
4
|
ECTS – Kreditlar
6
|
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
|
Professor-o‘qituvchi
|
D.K. Isabayeva
|
dilfuzaisabayeva@gmail.com
|
|
Qabul soatlari
|
Tasdiqlangan grafik-reja asosida
|
|
Tasdiqlangan
|
Institut Kengashining 20__ yil “__” ________dagi
___-son qarori
|
|
Fan nomi
|
Auditoriya
mashg‘ulotlari
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami yuklama
|
|
Umumiy psixologiya
|
24
|
156
|
180
|
|
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr IV
|
|
Nazariy (ma’ruza)
|
12
|
12
|
|
Seminar mashg‘ulotlari
|
12
|
12
|
|
Jami auditoriya soatlari
|
24
|
24
|
|
Mustaqil ta’lim
|
156
|
156
|
|
Umumiy oʻquv soatlari
|
180
|
180
|
|
Fanning mazmuni
|
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy psixologiya fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tomonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish va amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik riojlanish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
|
|
Fan / modul mazmuni
|
|
Mashg‘ulot shakli
|
Semetr
|
Dars soati
|
|
Ma’ruza
|
IV
|
6
|
|
M1
|
Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Shaxs.Temperament, xarakter, qobiliyat.
Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi.Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot.
Umumiy psixologiyaning tarmoqlari. Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.
Shaxs haqida tushuncha. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Temperament haqida tushuncha. Temperament tiplari. Xarakter haqida tushuncha. Xarakter aktsentuatsiyasi. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat tuzilishi va turlari.
|
2
|
|
M2
|
Faoliyat va motivatsiya.Muloqot. Muloqot-ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida. Diqqat. Sezgi va idrok
Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyat turlari. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot. Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o‘rni. Muloqotning psixologik tomonlari.
Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik mexanizmlari. Diqqat turlari. Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari.
Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asosi. Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari
|
2
|
|
M3
|
Xotira, xayol. Tafakkur. Intellekt va kreativlik.Hissiyot va iroda.
Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari.Xotira jarayonlari. Xotira turlari. Xotira nazariyalari. Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari.
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari. Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Emotsiya nazariyalari. Hissiy holatlar.
Iroda haqida umumiy tushuncha. Irodaviy harakatlarning sifatlari. Irodaviy harakatlarning qonuniyatlari.
|
2
|
|
M4
|
Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Psixik rivojlanish va davrlashtirish.Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni.
Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari.Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Rivojlanishni davrlashtirish muammosi.
Perinatal davrning o‘ziga xos xususiyatlari. Chaqaloqlik davri. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
|
2
|
|
M5
|
Maktabgacha va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.O’smirlik va ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.Yetuklik davri psixologiyasi. Gerontopsixologiya.
Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. 7 yoshlilar inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi, kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik va ilk o‘spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Yoshlik davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari. Yetuklik davrining psixologik xususiyatlari. Gerontopsixologiya.
Gerontopsixologiya, keksalik psixologiyasi haqida umumiy tushuncha. Gerontopsixologiya fanining tarkibiy qismi sifatida. Psixolog olimlarning keksayish davri haqidagi falsafiy fikrlari. Keksalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Biologik keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari.
|
2
|
|
M6
|
Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi.Ta’lim jarayonining psixologik xususiyatlari. Tarbiyaning psixologik asoslari. Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari. Pedagogik qobiliyatlar.
Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari. (Altruistik xususiyatlar.Attraktsiya. Deviant xulq-atvor. Konformizm. Namoyishkorona xulq-atvor). Ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir etuvchi omillar. Xulq-atvorning gender xususiyatlari. Kichik guruhlar psixologiyasi. Guruhning shakllanishi, guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhit, guruhlarda liderlik, boshqaruv uslublari, o‘quv guruhida ijtimoiy mavqe muammosi, pedagogik jamoaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish.Katta guruhlar psixologiyasi mazmuni va tarkibiy tuzilishi. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlari.Ommaviy psixologik hodisalar.Oila psixologiyasi.Oila kichik guruh sifatida.Oiladagi shaxslararo munosabatlarning tizimiga xos umumiy xususiyatlar.Oilaviy tarbiya usullari.
Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. O‘qish faoliyati va uning turlari. Muammoli ta’limning mohiyati. Pedagogik baho va uning turlari. Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari.
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati. Tarbiya metodlari va turlari. Tarbiyasi qiyin va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash metodlari. Milliy ong va milliy g’ururni tarbiyalashning psixologik asoslari.
Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari, pedagogning o‘z-o‘ziga talab qo’yishi muammosi. Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o’rni va vazifalari.O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Pedagogik muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik qobiliyatlar va ularning turlari.
|
2
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |