Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning tuzilishi va uning turlari


Download 1.96 Mb.
bet18/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning tuzilishi va uning turlari.
Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga hoslikni egallagan hatti – harakatni yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, o‘ o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti – harakatdan tafovutlanadi.
Birinichidan, faoliyatning mazmuni to‘la – to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiy, biologik va ma’naviy ehtiyoj bilan sharptlanmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo ehtiyoj motiv (lotincha mjtiv turtki, harakatga keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: shart-sharoit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi. Shuni alohiida ta’kidlash joizki, insonni mehnat qilishga undagi motiv moddiy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli tug‘ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi. Aksariyat hollarda ishchi dastgohni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan ma’sul ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqarishga qaror qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida maqsadning ijtimoiy negizida yotuvchi tayyorlash ma’sulligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Modomiki shunday ekan, odam nima uchun bunday yo‘sinda xatti – harakat amalga oshirgani, uning nimani ko‘zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faolikka undovchi turtki, xohish – istak bilan faoliyatni yo‘naltiruvchi aniq maqsad o‘zaro mutanosib emas. Binobarin, faoliyat faollik manbai hisoblanmish ehtiyoj sifatiga yuzaga kelgan tarzda faollikning yo‘naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan idora qilinadi.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va hodisalarning xususiy obyektiv xossalarini aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni yordamga muhtojligi yo‘q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.
Inson faoliyati malum aniq motivlar asosida yuzaga keladi. Faoliyatni yuzaga keltiruvchi motivlar odamning turli-tuman ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlaridir. Lekin ehtiyojlar hama vaqt ham faoliyatning motivi bulla olmaydi. Inson faoliyati ko‘pchilik hollarda anglangan maqsad, ijtimoiy burch, ijtimoiy talablar takazosi bilan yuzaga keladi. Odam ko‘pchilik hollarda jamiyat talablarini o‘z oldidagi ijtimoiy burchini bajarish maqsadida biron faoliyat bilan shug‘ullanadi, faollik ko‘rsatadi va mehnat qiladi.
Faoliyat – anglangan maqsad bilan boshqariladigan insonning ichki psixik va tashqi jismoniy faolligidir.
Odamning xulq-atvori, faoliyati esa tamomila boshqacha xarakterlidir. Inson hayvonlar xatti-harakatlaridan farq qilib, avvalo, ijtimoiy xarakterga egadir. Inson faoliyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yo‘z berishi mumkin emas.
Inson faoliyati ayrim xollarda tashqi tamondan ifodalansa (harakatlarda, yorish turish va xakozolarda), boshqa xollarda esa u ichki harakatlarga ega bo‘ladi. Ana shu nuktai nazardan sa’i harakatlarni ikki turkumga ajratish mumkin:
a)tashqi( real, predmetli, jismoniy, Amaliy, motor) harakatlarga:
b) ichki (timsloiy, ruhiy, psixik, aqliy, intellektual) sa’i harakatlar.
Tashqi, real (predmetli sa’y harakatlardan ichki, timsoliy, xatti-harakatlarga kuchirilishi utish jarayonini interiorizatsiya (tom ma’nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida uning nazari e’tiborida bo‘lmagan narsalarning timsolida foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Aqliy amallarning tashqi predmetlari bilan bo‘ladigan sa’i–harakatlar (amallarga) kuchirilishiga ichki, psixik faoliyatining eksteriorizatsiyalashuvi (tom ma’nosi bilan aytganda, ichkini tashqi tarzga aylanishi) deb qarash mumkin. Faoliyatning barcha turi odamda tegishli ko‘nikma va malakalar bilan amalga oshiriladi.
Faoliyatning o‘ziga xos dastalabki xususiyati shundaki, aktivlikning manbai bo‘lgan faoliyat aktivlikni yaxshi onglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat voqelikka bo‘lgan aktiv munosabatning shunday formasiki u orqali odam yashab turgan olam bilan odam o‘rtasida real aloqa o‘rnatidai. Odam faoliyat vositasi bilan tabiatga narsalarga boshqa kishilarga ta’sir qiladi. Toshning og‘irligini aniqlash uchun uni kutarib ko‘rish kerak edi, atom bombasining quvvatini namoyon qilish uchun esa uni portlatib ko‘rish kerak edi. Galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan ana shunday har bir nisbatan tugallangan faoliyat elementi amal ish deb yuritiladi.
Harakatning bajarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard masad bilan takkoslash yuli bilan doimiy nazorat qilib boriladi va to‘g‘rilab turiladi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday utish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. Yuqorida eslatib utilgan ichki psixik faoliyatni buyumlar bilan qilinadigan tashqi faoliyatning interiorizatsiyasi natijasi deb qarash mumkin. Shunga muvofiq narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qarash mumkin. «Eksternus»degan so‘zdan olingan bo‘lib bizningcha tashqi degan ma’noni bildiradi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling