Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
99 LABORATORIYA ISHI №1. MAVZU: ASMAN PSIXROMETRI YORDAMIDA HAVONING NISBIY NAMLIGINI ANIQLASH Ishning maqsadi: Havo namligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish, havoning nisbiy namligini aniqlash usullari bilan tanishish. Aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash printsipi o‘rganish. Kerakli asboblar: Aspiratsion (Avgust) psixrometr, pipetkali rezina ballon, batist materiali yoki marli, distillangan suv, barometr, gigrometr Nazariy tushuncha Yer atmosferasi tarkibiga suv bug‘larining miqdori bilan tavsiflanadigan fizik kattalik havoning namligi deyiladi. 1 m 3 havodagi suv bug‘ining massasi absolyut namlik deyiladi. Absolyut namlikni bilgan holda u sharoitda sug‘ big‘ining to‘yinish darajasidan qanchalik uzoq ekanligini binobarin suvning bug‘lanish yoki kondetsatsiyalanish intensivligi to‘g‘risida biror fikr aytib bo‘lmaydi. Buning uchun nisbiy namlik degan kattalikni bilish kerak. Muayyan bir temperaturada havo absolyut namligining shu tempereturada 1m 3 havoni to‘yintirish uchun zarur bo‘lgan suv bug‘i massasiga nisbati bilan aniqlanadigan ƒ kattalik nisbiy namlik deyiladi. Nisbiy namlikni yana suv bug‘I elastikligi orqali ham ta’riflash mumkin. Havo tarkibidagi suv bug‘larining elastikligi aynan shu temperaturadagi to‘yingan suv bug‘I elastikligiga nisbati bilan ifodalanadigan kattalik nisbiy namlik deyiladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 0 f yoki foizlarda % 100 0 f (1) Havodagi suv bug‘I elastikligi deyilganda havodagi suv bug‘ining parsial bosimi tushuniladi. Tirik organizmlarning tuproqning namlik yo‘qotishi nisbiy namlikga bog‘liq. Inson o‘zini yaxshi his qilishi uchun nisbiy namlik 60-70 % atrofida bo‘lishi kerak. Namlikni aniqlash uchun Avgust psixrometridan foydalanish mumkin. Psixrometr ikkita bir xil termometrdan iborat bo‘lib ulardan birining uchiga rezervuardagi suvga botirib qo‘yilgan mato o‘ralgan. Havo suv bug‘lari bilan to‘yinmagan bo‘lsa matodagi suc bug‘lanadi. Va termometrning rezervuari soviydi. Natijada termometr past temperaturani ko‘rsatadi. Chunki nisbiy namlik kichik bo‘lganda suv bug‘i to‘yinishidan uzoq bo‘lgani uchun xo‘l temperaturani ko‘rsatadi. Nisbiy namlik oshib borgani sari bug‘lanish kamayadi va xo‘l termometrning ko‘rsatishi quruq termometrnikiga yaqinlashadi. Nisbiy namlik 100 % bo‘lganda suv umuman bug‘lanmaydi. va xo‘l termometrning ko‘rsatishi quruq termometrniki bilan 100 bir xil bo‘ladi. ikkala termometr ko‘rsatishlarining ayirmasiga qarab psixrometrik jadval yordamida havoning nisbiy namligini aniqlash mumkin. (1) ifodaga ko‘ra absolyut namlik quyidagicha aniqlanadi, ya’ni: % 100 1 0 f (2) bu yerda ρ 0 ma’lum temperaturadagi 1m 3 hajmini to‘yintirish uchun zarur bo‘lgan suv bug‘ining massasi. Uning qiymati 1- jadvaldan olinadi. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling