Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3,18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV MATERIALLARI MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI 1 – MA’RUZA MAVZU: KIRISH. ATMOSFERA FIZIKASINING PREDMETI VA VAZIFALARI, FANNING AMALIY
Fakultet dekani: A.R. Jo‘rayev 3 MUNDARIJA T/r O‘quv-uslubiy majmua elementlari Betlar 1 Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun materiallar 2 Amaliy mashg‘ulotlari uchun materiallar 3 Laboratoriya mashg‘ulotlari 4 Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha zarur uslubiy ko‘rsatmalar 5 Glossariy 6 Ilovalar - fan dasturi - tarqatma materiallar - testlar -baholash mezonlari va fanni o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar 4 O‘QUV MATERIALLARI MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI 1 – MA’RUZA MAVZU: KIRISH. ATMOSFERA FIZIKASINING PREDMETI VA VAZIFALARI, FANNING AMALIY AHAMIYATI. Reja: 1. Atmosfera fizikasiga kirish. 2. Atmosfera fizikasining predmeti va vazifalari, 3. Atmosfera fizikasi fanining amaliy ahamiyati. Yer sayyorasi kattik (litosfera), suyuk (gidrosfera) va gazsimon (atmosfera) qobig‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ularda ro‘y beruvchi fizikaviy va kimyoviy jarayonlar “Yer haqidagi fanlar” yoki umumiy geofizika nomi bilan birlashgan fanlar majmuasi tomonidan o‘rganiladi. Atmosfera fizikasi geofizikaning tarkibiy qismi bo‘lib, atmosferada ro‘y beruvchi turli fizikaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ularga atmosferaning kelib chiqishi, uning tarkibi va tuzilishi, nurlanish va issiqlik uzatilishi jarayonlari, suv bug‘ining fazaviy aylanishlari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lut, tuman va yog‘in shakllanishi jarayonlari, havo harakati qonuniyatlari, atmosferadagi optik va elektrik hodisalar kiradi. Bu hodisa va jarayonlarning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda hamda kosmik muhit, yer va suv qobig‘ida ro‘y beruvchi jarayonlar bilan bog‘likdikda o‘rganiladi. Atmosfera hodisalarini o‘rganishning dastlabki bosqichlarida bu hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarlicha farklanmagan, atmosfera to‘g‘risidagi fan esa meteorologiya deb nomlangan. Bu atama miloddan avvalgi IV asrda, yunon faylasufi Arastu shu nomli (yunoncha seteshroush) asarni e’lon qilganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu atamaning so‘zma-so‘z tarjimasi meteorlar haqidagi fan degan ma’nosini beradi. Meteorlar deganda yer sirti va atmosferada ro‘y beruvchi ixtiyoriy hodisalar tushunilgan. Arastu o‘z asarida turli atmosfera (bo‘lutlar, yog‘inlar, shamol va boshqa ) va boshqa hodisalar (suv toshkinlari, kurgokchilik va bonщ.) to‘grisida usha davrda yigilgan ma’lumotlarga dastlabki falsa- fiy tushintirish berishga xarakat kilgan. Biroq meteorolo- giyaning fan sifatida shakllanishiga yana ancha vaqt talab qilishdi. XVI asrning O‘rtalariga kelibgina, tadqiqotlarning tabiiy- ilmiy metodlari va dastlabki meteorologik o‘lchash asboblari (barometr, termometr)ning kashf qilishishi bilan, ayrim atmosfera hodisalarini fizika qonunlari asosida tushintirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu davrda meteorologiya fizikaning tarkibiy qismi sifatida rivojlandi va XVIII asrning birinchi yarmiga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Hozirgi vaqtda meteorologiyada atmosfera jarayonlarini tahlil qilishning matematik metodlari, shuningdek fizikaviy tajribalarning keng qo‘llanilishi amtosfera jarayonlari to‘grisidagi fanni atmosfera fizikasi deb atashga imkon beradi. Shunga qaramay meteorologiya atamasi endilikda atmosfera hodisalari to‘g‘risidagi bilimlar yigindisini anglatish uchun qo‘llanilmoqda. 5 Atmosferaning fazoda birjinsli emasligi va vaqt ichida kuchli o‘zgaruvchanligi uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Atmosfera holatining bunday uzluksiz o‘zgarishlarini ob-havo deb atash qabo‘l qilishgan. Download 3,18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling