Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
Statistik tahlil usuli. Bu usul quyidagi masalalarni xal qilish imkonini beradi.
Birinchidan, eo‘timoliy-statistik apparat kuzatuv natijalarini ikdimiy qayta ishlashning asosini tashkil vdladi. Bu usul yordamida kuzatuvlarning ma’lum vaqt in- tervalida jamlangan satori tuziladi; boshlangich ma’lumotlar qatori ularning qiymatlari gradatsiyalarining taqsimoti bo‘yicha qayta tuziladi; - taqsimotlarning asosiy xossalarini aks ettiruvchi qatorlarning statistik xarakteristikalari hisoblanadi. Ikkinchidan, korrelyatsiya statistik usuli yordamida meteorologik kattaliklar va hodisalar O‘rtasidagi bog‘liqlikni (yoki uning yuxushgini) aniqlash hamda bu bog‘likda darajasini miqdoriy ko‘rinishda ifodalash mumkin. Uchinchidan, statistik-stoxastik usul asosida atmosferadagi bir fizikaviy jarayonning boshqasiga o‘tish extimolligini aniqlash mumkin. Biroz shuni nazarda tutish lozimki, statistik tahlil aniqlangan bog‘liqlik va faktlarni tushuntirib bermaydi. - Fizikaviy-matematik tahlil. Bu usul yordamida fizika qonuniyatlari asosida atmosferada aniqlangan hodisa va bog‘liqliklarga tushuntirish beriladi xamda atmosfera jarayonlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi hamda ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlik nazariyalari yaratiladi. Fizikaning umumiy qonunlari asosida atmosfera jarayonlarini tavsiflovchi differensial tenglamalar tuziladi. Bu tenglamalarning yechilishi atmosfera jarayonlari rivojlanishining miqdoriy qonuniyatlarini, ya’ni prognoz masalasii hal qilish imkonini beradi. 7 3. So‘ngi yillarda atmosfera jarayonlarini matematik modellashtirish keng qo‘llanilmoqda. Kartalashtirish usuli. Yirik masshtabli atmosfera jarayonlari katta maydonlar ustida sodir bo‘ladi. Shu sababli meteorologiya va iqlimshunoslikda kuzatilgan ma’lumotlarni geografik kartalarda taqqoslash muhim axamiyatga ega. Vaqtning bir momentida Yer yuzasining turli joylarida amalga oshirilgan faktik kuzatuv natijalari sinoptik kartalarga tushiriladi. Ra- diozondlar yordamida atmosferani kuzatish asosida olingan ma’lumotlar barik topografiya kartalariga tushiriladi. Kartalar ayni vaqtda ob-havo sharoitlarining katta hudud ustida qanday taqsimlanganligini ko‘rish imkonini beradi. Ketma-ket vaqt momentlari uchun sinoptik kartalarni taqqoslash atmosfera jarayonlarining rivojlanishini kuzatib borish va pirovard natijada bu jarayonlarning qanday kechishi va kutilayotgan ob-havo xavdsa xulosa qilish imkonini beradi. Maxsus geografik kartalarga Yerning meteorologik sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan kuzatuv ma’lumotlari tushiriladi. Bu kartalar turli atmosfera ob’ektlari va hodisalarining fazoviy taqsimotini o‘rganish imkonini beradi. Bular bo‘lutlilik maydo- ni, tuman, changli hodisalar, kor qoplami va boshqalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, atmosfera xossalarining fazoda bir jinsli emasligi va ularning vaqt davomida o‘zgaruvchanligi atmosferaning muhim xususiyatlaridan biridir. Bu holat atmosferaning kosmik muxdt, Quyosh va Yer sirti bilan murakkab o‘zaro ta’siri jarayonlari bilan tushintiriladi. Atmosfera xarakatlarining asosiy manbai Quyoshdan kelayotgan energiya hisoblanadi. Bu energiya atmosferada qisman yutiladi va sochiladi xamda bir kdtor optik hodisalar (osmon rangi, refraksiya, saroblar, kamalak va boshk.)ga sabab bo‘ladi. Bu energiyaning ma’lum qismi Yer sirtiga yetib keladi va unda yutiladi. Fizikaviy xossalari bo‘yicha yer sirtining birjinsli emasligi quruqpik va okeanlarning taqsimoti, relef, o‘simlik va kor qoplamlarining mavjudligi va boshqa omillar bilan bog‘lik. Bu esa turli geografik hududlarda yer sirtining notekis isiga sabab bo‘ladi. Shunga muvofik havoning isishi, bug‘lanish va boshqa meteorologik kattalik va hodisalarning fazo va vaqtdagi starlicha xilma-xil taqsimoti vujudga keladi. Natijada atmosferada issiqlik va namlikning qayta taqsimlanishini ta’minlovchi xdrakat sistema- larining shakllanishi yuz beradi. Atmosfera jarayonlarining ikkinchi o‘ta muhim xususiyati atmosferada yer sirtining katta qismini egallagan okeanlardan ko‘p miqdorda buglanuvchi suv bug‘iniig mavjudligi bilan bog‘lik; Bug‘lanishga katta miqdordagi energiya sarflanib, u minglab kilometrlik masofalarga havo otsimlari yordamida suv buti bilan yashirin ko‘rinitda uzatiladi. Ma’lum sharoitlarda suv buti kondensatsiyalanib, bo‘lutlar va tumanlar hosil bo‘ladi. Bunda suvni buglantirishga sarflangan katta miqdordagi energiya qayta ajralib chik;adi. Shunday qilib, suv buti turli atmosfera ob’ektlari (siklonlar, atmosfera frontlari va boshk.)ning shakllanishi uchun energiya tashuvchi manba xdayublanadi. Bundan tasho‘ari bo‘lutlar atmosfera va yer sirti issiqlik rejimiga ta’sir o‘tkazib, quyosh radiatsiyasining kelishi va yer sirtining nurlanish sharoitlarini sezilarli o‘zgartiradi. Atmosfera jarayonlarining uchinchi xususiyati shundaki, ular butun yer shari uududi ustida rivojlanadi. Bu jarayonlarning rivojlanishini kuzatish uchun, birinchidan, yer usti va aerologik kuzatuvlar, shuningdek Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan kuzatuvlarni f3 ichiga oluvchi atmosfera holatini kuzatish tizimini tashkil etish lozim. Ikkinchidan, bu 8 jarayonlarning fazo va vavdgdagi rivojlanishini tadkik; etish metodlariga ega bo‘lish zarur. Atmosfera jarayonlarining turtinchi xususiyati ularning turli masshtablarga egaligidir. Atmosfera ob’ektlari va jarayonlarining masshtabi millimetrlardan boshlab minglab kilometrlar ko‘lamida bo‘lishi mumkin. Endigiia hosil bo‘lgan tomchilar eng kichik o‘lchamga (10' 6 -10' 7 m) ega bo‘lsa, atmosfera aerozollarining ulchami 1-2 mkm dan 1 mm va undan kattaroq chegaralarda o‘zgarishi mumkin. Aloxida bo‘lutlar va suyun (tornado)lar bir necha o‘n metrlardan 100 km gacha ulchamga ega. Havo massalari, siklonlar, antisiklonlar, atmosfera frontlarining bo‘lut tizimlari yuzlab kilometrlar dan 1000-2000 km gacha ulchamni tashkil etadi. Spiralsimon bo‘lut tizimlari, tez havo okdmlari va uzun to‘lkinlar eng yirik ob’ektlar bo‘lib, ularning masshtabi Yer ulchamlari bilan takdoslanadi. Ko‘rinib turibdiki, yusorida sanab o‘tilgan ob’ekt va hodisalarni o‘rganish uchun turlicha tadqiqot usullari talab etiladi. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling