Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
Meteorologik kattalik atmosfera holatining muayyan xarakteristikasidir. Havoning
harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, bo‘lutlarning miqdori, balandligi va shakli, atmosfera yog‘inlari, meteorologik ko‘ruvchanlik uzoqdigi va atmosfera holatining boshqa xarakteristikalari meteorologik kattaliklar hisoblanadi. Meteorologik hodisa meteorologik kattaliklarning muayyan majmui bilan tavsiflanuvchi fizikaviy jarayondir. Misol uchun, nisbiy namlik, shamol va meteorologik ko‘ruvchanlik uzoqligining ma’lum mutanosibligida tuman hosil bo‘ladi. Meteorologik hodisalarga momaqaldiroq, izg‘irin, changli bo‘ron, va boshqalar misol bo‘la oladi. Boshqa ixtiyoriy fanda bo‘lgani kabi, atmosfera fizikasining asosiy vazifasi tabiat qonunlarini o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga zamonaviy fan atmosfera jarayonlari va hodisalarini kuzatish, tavsiflash va tushuntirish bilangina cheklanib qola qolmaydi. U olingan xulosalardan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanib, insonning amaliy zaruriyatlarini ta’minlashi lozim. Yakuniy natijada u tabiat hodisalarini boshqarishning amaliy imkoniyatlarini topishi va ularni jamiyat uchun foydali yo‘nalishda o‘zgartira olishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib atmosfera fizikasining asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin; - atmosferani xarakterlovchi va unda kuzatiluvchi hodisalarning aniq fizikaviy ma’lumotlar qatorini olish, bu hodisalarni sifat va miqdor nuqtai nazaridan tavsiflash (kuzatish va tavsiflash); - olingan fizikaviy ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib, atmosfera hodisalarini to‘g‘ri tushuntirish va ularning kechishini boshqaruvchi qonunlarni topish (tahlil); - topilgan qonuniyatlarni qo‘llagan holda atmosferada sodir bo‘layotgan jarayonlarning rivojlanishini oldindan aniq aytish usullarini ishlab chiqish (prognoz); - aniqpangan qonuniyatlarni atmosfera jarayonlari rivojlanishiga kUllab, tabiat kuchlaridan amaliy faoliyatda foydalanish (boshqaruv). Atmosfera fizikasida turli tadqiqot usullardan foyda- laniladi, biroq; ularning barchasi fizikaviy asosga ega. Ularning asosiylari quyidagilardir: 1. Kuzatuv usuli atmosfera, ob-havo va iqlim xdvdda aniq; ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Kuzatuvlar yer sirti yaqinida, shuningdek atmosferaning turli balandliklarida amalga oshirilishi lozim. Asosiy meteorologik kattaliklarni o‘lchash bo‘yicha Yer usti meteorologik kuzatuvlari Yer shari bo‘ylab taqsimlangan bir necha minglab meteorologik va yuzlab aerologik stansiyalart olib boriladi. Nisbatan kamsonli meteorologik stansiyalarda quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosfera nurlanishi hamda Yer sirti issiqlik balansining tashkil etuvchilari {aktino- metrik va issiqlik balansы o‘lchovlari) kuzatiladi. Bundan tashqari maxsus jihozlangan observatoriyalarda atmosfera elektri, ozon va gaz tarkibi ustida kuzatuvlar olib boriladi. 6 Katta hajmdagi o‘lchovlar geofizik raketa va Yerning meteorologik sun’iy yo‘ldoshlari yordamida olib boriladi. Bu usulni amalga oshirish maqsadida butun Yer shari maydonini qamrab olgan meteorologik kuzatuv tarmog‘i tashkil etilgan. 2. Atmosfera fizikasida eksperiment usulining imkoniyatini qo‘llash cheklangan. U tabiiy va laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin. Tabiiy sharoitda eksperimentga dumli bo‘lutlarni tarkatish maqsadida ta’sir etishni, qo‘shimcha yog‘in hosil qilish maqsadida yomg‘irli qatlamli bo‘lutlarga ta’sir etish, tumanni tarkatish tajribalarini misol qilish mumkin. Bu tajribalar amaliy maqsadni ko‘zda tutsada, tabiatdagi u yoki bu hodisalarni chuqurroq o‘rganishga imkon berdi. - Bu turdagi eksperimentlarga global, hududiy yoki davlat (milliy) ko‘lamida biron-bir hodisa yoki jarayonni majmuaviy ekspeditsion tadqiqotlarini kiritish mumkin. Misol uchun, katta hududlar ustidagi gidrosfera va atmosfera haqidagi to‘liqroq ma’lumotlarni yigish maqsadida Xalqaro yillar tadbirlari O‘tkaziladi. 1882-1883 va 1932-1933 yillarda Birinchi va Ikkinchi xalqaro qutb yillari o‘tkazilgan. Xalqaro geofizik yil (01.07.1957-31.12.1958) vaqtida majmuaviy geofizik tadqiqot- larda sayyoraning butun hududi qamrab olingan. Global atmosferaviy jarayonlar tadqiqoti dasturi doirasida XX asrning 70-yillarida qator dasturlar amalga oshirildi. Bular - Tropik, Qutbiy, Majmuaviy Energetik, Musson va boshqa dasturlar. Laboratoriya sharoitidagi eksperimentlarga misol qilib maxsus dastur asosida aerozol kamera deb nomlangan qurilmada bo‘lut va yog‘in hosil bo‘lish jarayonini O‘rganishni keltirish mumkin. Maxsus eksperimental qurilmada atmosfera umumiy sirkulyatsiyasini fizik modellashtirish xam bunga misol bo‘lishi mumkin. - Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling